Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hindistonda suv toshqinlari oqibatida 37 kishi halok bo‘ldi
Jammu va Kashmirda tinimsiz yomg‘ir yog‘ishi oqibatida suv toshqinlari yuzaga keldi.
Hindistonning Jammu va Kashmir regionida suv toshqinlari natijasida 37 kishi halok bo‘ldi, 100dan ortiq odam jarohatlandi.
Hindustan Times nashrining xabar berishicha, Kishtvar rayonida tinimsiz yomg‘ir yog‘ishi oqibatida suv toshqinlari yuzaga keldi.
Kishtvar hukumati vakili Pankaj Kumar Sharma dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 37 kishi halok bo‘lgani, 100dan ortiq inson tan jarohati olganini ma’lum qildi.
Hududda qidiruv-qutqaruv ishlari davom etmoqda.
Hindiston bosh vaziri Narendra Modi X tarmog‘idagi sahifasida barcha jabrlanganlarga zarur yordam ko‘rsatilishini bildirdi.
Mavzuga oid
22:47 / 09.07.2026
Hindiston Xitoyni ortda qoldirib, Rossiya neftining asosiy xaridoriga aylandi
08:50 / 08.07.2026
2026–2027 yillarda eng tez o‘sadigan iqtisodiyotlar ma’lum qilindi
18:30 / 07.07.2026
Buxoroda hindistonlik talaba yurtdoshini o‘ldirdi
11:04 / 30.06.2026