Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘iston hokimiyatida endi oilaviy-urug‘chilik tizimi yo‘q – To‘qayev
Qozog‘iston prezidenti davlat xizmatida meritokratiya tamoyili qaror topayotganini aytdi. “Hokimiyatda endi oilaviy-urug‘chilik tizimi yo‘q, lavozimga tayinlashda birinchi navbatda bilim va professionallik hisobga olinadi”, dedi Qosim-Jo‘mart To‘qayev.
Foto: Akordy
Qozog‘iston hokimiyatida endi oilaviy-urug‘chilik tizimi yo‘q, dedi respublika prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev o‘qituvchilarning Avgust konferensiyasida.
«Bugun biz bir yoqadan bosh chiqarib, butun xalq bo‘lib, adolatli, toza va kuchli Qozog‘istonni barpo etmoqdamiz. Millatning yangi sifatini shakllantirish uchun biz muhim islohotlarni boshladik. Bu keng ko‘lamli va murakkab ish bo‘lib, unda sezilarli natijalarga erishildi. Siyosiy tizim to‘liq yangilandi, yangi iqtisodiy yo‘nalish belgilab olindi. Jamiyatimiz o‘zgarmoqda, fuqarolarning ongi va tafakkuri o‘zgarmoqda. Davlat xizmatida meritokratiya tamoyili qaror topmoqda. Hokimiyatda endi oilaviy-urug‘chilik tizimi yo‘q. Lavozimga tayinlashda birinchi navbatda bilim va professionallik hisobga olinadi», dedi To‘qayev 15 avgust kuni.
Uning ta’kidlashicha, bugungi kunda Qozog‘istonda erkinlikni sevuvchi va fikrlovchi avlod o‘sib kelmoqda.
«Qonun va tartibni hurmat qilish barqaror tamoyilga aylanmoqda. Bir so‘z bilan aytganda, Qozog‘iston o‘z taraqqiyotining sifat jihatidan yangi bosqichiga qadam qo‘ydi. Biroq shuni tushunish kerakki, o‘zgarishlarni e’lon qilish yetarli emas, ularni mustahkamlab qo‘yish ham muhimdir. Buning uchun odamlarning ongini yangilash kerak», deb ta’kidladi prezident.
Mavzuga oid
12:12 / 05.12.2025
Venada “Markaziy Osiyo – Shimoliy Yevropa” formatidagi birinchi uchrashuv o‘tkazildi
21:09 / 04.12.2025
Birinchi «Markaziy Osiyo – Yaponiya» sammiti Tokioda o‘tkaziladi
19:30 / 04.12.2025
Qozog‘istonda 16 yoshga to‘lmaganlarga ijtimoiy tarmoqlarda akkaunt ochish taqiqlanishi mumkin
16:03 / 04.12.2025