Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Surxondaryoda yuk avtomobillari ishlab chiqarish korxonasi ishga tushdi
Dastlabki bosqichda yengil yuk mashinalarining asosiy butlovchi qismlari ishlab chiqariladi.
Foto: Surxondaryo viloyati hokimligi
«O‘zeltexsanoat» uyushmasi hamda Surxondaryo viloyati hokimligi ko‘magida yirik ishlab chiqarish quvvatiga ega korxona faoliyati boshlandi.
Denov tumanida umumiy qiymati 30 million dollar bo‘lgan, yillik quvvati 5 ming dona mahsulot ishlab chiqarishga mo‘ljallangan yengil yuk avtomobillari ishlab chiqarish loyihasi ishga tushirildi. Loyiha doirasida 150 ta yangi ish o‘rni yaratildi.

Korxona «Humo New Energy» MChJ tomonidan mustaqillikning 34 yilligi arafasida ishga tushirilgan.
Ochilish marosimida viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, nuroniylar hamda faollar ishtirok etdi. Mehmonlar ishlab chiqarish jarayonlari bilan tanishib, tayyor yuk avtomobillarini ko‘zdan kechirdi.
«Korxonada ishlab chiqarilayotgan arzon va sifatli yengil yuk mashinalarining asosiy butlovchi qismlari mahalliy sharoitda tayyorlanishi aholiga hamyonbop va ishonchli transport vositalari taqdim etish imkonini yaratadi», deyiladi xabarda.
Loyihaning keyingi bosqichida yengil yuk elektromobillari ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi.
Mavzuga oid
12:41
Surxondaryoda bank mutaxassisi 2 000 dollar va 1,3 mln so‘m olgan paytida ushlandi
01:01 / 16.11.2025
Surxondaryodagi 38,5 mlrd so‘mlik davlat xaridida qonunbuzilishi aniqlandi
20:18 / 08.11.2025
Surxondaryoda ishdan olingan maktab direktori o‘zini yoqmoqchi bo‘ldi
11:03 / 05.11.2025