Jahon | 00:09 / 16.08.2025
2818
1 daqiqa o‘qiladi

Germaniyaning Ukrainaga beradigan harbiy yordami hajmi ma’lum qilindi

Ta’kidlanishicha, Germaniya Ukrainani texnika va qurol-yarog‘lar yetkazib berish orqali qo‘llab-quvvatlaydi.

Foto: Bild

Yaqin yillarda Germaniya tomonidan Ukrainaga ko‘rsatiladigan harbiy yordam miqdori 40 milliard yevroga yetadi. Bu haqda Germaniya tashqi ishlar vazirligi ma’lum qildi.

Fuqarolik yo‘nalishida berilgan yordam hajmi 34 milliard yevroni tashkil etadi. Mablag‘lar jumladan, havo hujumidan mudofaa, qish mavsumida keng ko‘lamli yordam berish, energetikani tiklash, gumanitar yordam uchun sarflanadi. 

Vazirlikning ta’kidlashicha, Germaniya Ukrainani texnika va qurol-yarog‘lar yetkazib berish orqali qo‘llab-quvvatlaydi.

 

Avvalroq Yevropaning NATOga a’zo besh davlati Ukraina uchun AQShdan qurol sotib olishning yangi mexanizmiga mablag‘ ajratishga rozi bo‘lgani aytilgandi. Xususan, Germaniya va Niderlandiya 500 million yevrodan mablag‘ ajratgan, qolgan qismini esa Shvetsiya, Norvegiya va Daniya ajratadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid