Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoyda sun’iy bachadonli birinchi robot ixtiro qilindi
U xuddi ayoldek homilani yetishtirish imkoniyatini beradi va allaqachon hayvonlarda muvaffaqiyatli sinovdan o‘tgan.
Xitoyning Kaiwa Technology kompaniyasi o‘n oy davomida homilani ko‘tarib yurishi va bola tug‘ilishiga mo‘ljallangan dunyodagi birinchi odamsimon robot prototipini taqdim etdi. Bu haqda Interesting Engineering nashri xabar berdi.
Loyihaning asosi - amniotik suyuqlik bilan to‘ldirilgan sun’iy bachadon moduli. Unda embrion rivojlanadi va tabiiy homiladorlikka taqlid qilib, maxsus shlang orqali ozuqa moddalarini oladi.
Startap bosh direktori va asoschisi doktor Chjanning ta’kidlashicha, qurilma hayvonlarda muvaffaqiyatli sinovdan o‘tgan, robotning o‘zi esa 2026 yilda bozorda taxminan 100 ming yuan (taxminan 14 ming dollar) narxda paydo bo‘ladi. Texnologiya farzand ko‘rishni istaydigan, ammo biologik homiladorlikdan qochishga intilayotgan yoshlar, farzand ko‘rolmaydigan oilalar, shuningdek, yolg‘iz kishilar uchun mo‘ljallangan.
Loyiha Xitoy ijtimoiy tarmoqlarida shiddatli reaksiyaga sabab bo‘ldi. «Dunyodagi birinchi homiladorlik roboti» so‘rovi Weibo qidiruv reytingida yetakchiga aylandi. Fikrlar ikkiga bo‘lindi: tanqidchilar texnologiyani «shafqatsiz» va «insoniy axloqqa zid» deb atamoqda, tarafdorlar esa uni ayollarni homiladorlikning jismoniy qiyinchiliklaridan xalos qilish usuli deb biladi.
2020 yilga kelib, Xitoyda bepushtlik darajasi 18 foizga yetgani va mamlakatda surrogat onalik taqiqlangani hisobga olinsa, bunday texnologiyaga talab juda yuqori bo‘lishi mumkin, deb yozdi Interesting Engineering. Tarmoqning ko‘plab foydalanuvchilari robot farzand haqidagi orzularini ro‘yobga chiqarishga yordam berishiga umid bildirmoqda.
Mavzuga oid
22:15 / 09.06.2026
Xitoyda ilk marta odamga cho‘chqaning ikkita buyragi va jigari muvaffaqiyatli ko‘chirib o‘tkazildi
21:33 / 09.06.2026
Xitoyning o‘nlab kompaniyalari Pentagonning qora ro‘yxatiga kiritildi
20:27 / 09.06.2026
Si Jinping Pxenyanda: Xitoy va KXDR munosabatlarni «yangi cho‘qqilar»ga olib chiqmoqda
21:17 / 07.06.2026