Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Zelenskiy atrofidagilar Tramp va Putin muzokaralari natijalarini baholadi
Zelenskiy hozircha Trampdan Putin bilan muzokaralari natijalari haqida ma’lumot olgani yo‘q. Ukraina prezidentiga yaqin manba vaziyatni «juda g‘alati» deb atadi.
AQSh va Rossiya prezidentlari Donald Tramp va Vladimir Putin sammiti yakunlari bo‘yicha hech qanday taraqqiyotga erishilmadi, deb hisoblamoqda Vladimir Zelenskiy atrofidagilar. Bu haqda Financial Times muxbiri Kristofer Miller Ukraina prezidentiga yaqin manbalarga tayanib xabar berdi.
Ukraina prezidentining ismi oshkor etilmagan yordamchisi Amerika tomoni hozircha Zelenskiy bilan aloqaga chiqmaganini aytdi va vaziyatni «juda g‘alati» deb atadi. Ukraina yetakchisiga yaqin bo‘lgan yana bir suhbatdosh Alyaskadagi uchrashuvni «ahamiyatsiz» deb ta’rifladi.
Trampning o‘zi Putin bilan matbuot anjumanida so‘zga chiqib, tez orada Zelenskiyga, shuningdek, NATO vakillariga qo‘ng‘iroq qilib, sammit natijalari haqida ma’lumot berishini aytdi.
«Tez orada NATO vakillariga qo‘ng‘iroq qilaman. Men o‘zim munosib deb bilgan bir qator odamlarga qo‘ng‘iroq qilaman. Men, albatta, prezident Zelenskiyga qo‘ng‘iroq qilib, bugungi uchrashuv haqida xabar beraman», dedi u.
Tramp va Putin 15 avgust kuni Alyaskada uchrashdi, yakunda hech qanday kelishuv bo‘lmadi. AQSh va Rossiya prezidentlari Ankorijdagi harbiy bazada muzokara olib bordi. Muzokaralardan so‘ng, Putin va Tramp matbuot vakillari oldiga chiqib, o‘z bayonotlarini o‘qib eshittirdi. Shundan so‘ng prezidentlar jurnalistlarning savollariga javob bermasdan zalni tark etdi.
Mavzuga oid
11:18
Sun’iy intellekt endi shunchaki texnologiya emas, u strategik qurol
00:49
Tramp Eron bilan kelishuv 14 iyun kuni imzolanishini ma’lum qildi
11:20 / 13.06.2026
Jeep bir milliondan ortiq avtomobilni qaytarib olmoqda
10:15 / 13.06.2026