Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bishkekda “Zakovat” III Osiyo ochiq chempionati yakunlandi
Bishkek mezbonligida o‘tkazilgan “Zakovat” intellektual o‘yinining III Osiyo ochiq chempionati g‘oliblari ma’lum bo‘ldi.
Turnirda O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Rossiyadan kelgan bilimdonlar o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazishdi.
Turnirning asosiy bahsi — “Zakovat” o‘yinida 6 ta tur o‘tkazildi. Yakunda chempionlik Qozog‘istonning “Intellekt-ekipaj” jamoasiga nasib qilib, chempionat kubogi hamda 100 million so‘m pul mukofotiga ega chiqishdi.

Ikkinchi o‘rinni hamda 60 million so‘mni “ONK” jamoasi o‘z hisobiga rasmiylashtirib qo‘ydi. Uchinchi o‘rin uchun qo‘yilgan 40 million so‘mni esa “Elizabet Perrish” jamoasi “ilib ketdi”.

Yana bir jamoaviy bahs “Brain ring” o‘yinining final bahsida Qozog‘istoning “ONK” jamoasi hamda O‘zbekistondan ishtirok etgan “Misteriya” jamoasi chempionlik uchun kuch sinashishdi. Yakunda chempionlik “ONK”ga, ikkinchi o‘rin esa vatandoshlarimizga nasib qildi. Ikkita uchinchi o‘rinni Qozog‘istonning “Intellekt-ekipaj” va “Brain Art” jamoalari egalladi.
Shuningdek, turnirning “Shaxsiy o‘yin” yakkalik bahslarida “eng kuchli bilimdon” unvoniga rossiyalik Serafim Shibanov sazovor bo‘ldi. Ikkinchi o‘rinini Azat Turgunov va uchinchi o‘rinni Denis Galiakberov egalladi.
“Turnir haqidagi taassurotlar ajoyib! Ayniqsa, bu yerda faqat Qozog‘iston va O‘zbekiston emas, balki boshqa mamlakatlardan ham yoshlar yig‘ilganidan xursandmiz. Ko‘p yangi tanishuvlar, ajoyib tashkilot va muhit. Asosiy turnirni intiqlik bilan kutamiz va "Zakovat" harakatiga minnatdorchilik bildiramiz!” — deya fikr bildirdi “ONK” jamosi a’zosi Denis Galiakberov.
Ma’lumot o‘rnida aytish kerakki, 20 avgust kuni Qirg‘iziston poytaxti yana bir muhim intellektual tadbir — “Zakovat Asian Cup II”ga ham mezbonlik qiladi. Unda o‘zbekistonlik va qirg‘izistonlik bilimdonlar yana bir bor o‘zaro kuch sinashadilar.








Mavzuga oid
09:20
Chegaradan noqonuniy olib o‘tilgan 1,1 mlrd so‘mlik oltin qo‘lga olindi
10:00 / 01.12.2025
Qirg‘izistondagi saylovlar: Japarovga sodiq nomzodlar deyarli barcha okrugda g‘alaba qozondi
17:04 / 30.11.2025
Muxolifatchilar hibsga olinishi va energetika inqirozi. Qirg‘izistonda navbatdan tashqari parlament saylovlari qanday sharoitda o‘tmoqda?
11:20 / 30.11.2025