Jahon | 22:54 / 18.08.2025
6431
1 daqiqa o‘qiladi

“Ukrainadagi urushni eng oson hal qilinadigan mojaro deb o‘ylagandim” - Tramp

AQSh prezidenti Donald Tramp Oq uyda Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiyni qabul qildi.

Foto: Reuters

Donald Tramp yuzma-yuz suhbat oldidan jurnalistlar bilan muloqot qildi.

“Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatishga ehtiyoj qolmadi”, dedi Tramp.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina bo‘yicha tinchlik kelishuvini jangovar harakatlar vaqtida ham kelishish mumkin.

“Agar o‘shanda men prezident bo‘lganimda bu urush bo‘lmasdi”, dedi Donald Tramp yana bir bor.

Uning bildirishicha, Ukrainaning NATOga a’zo bo‘lishi to‘g‘risida so‘z bormaydi, “lekin ularga juda yaxshi xavfsizlik kafolatlari taqdim etiladi”.

“Ukrainadagi urushni eng oson hal qilinadigan mojaro deb o‘ylagandim, ammo eng qiyini bo‘lib chiqdi”, deb ta’kidladi AQSh prezidenti.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid