Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sud qarorlarini ijro etish bosqichida da’voni ta’minlash instituti joriy etiladi
“Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritildi.
Adliya vazirligi matbuot xizmatining xabar berishicha, Qonunga kiritilgan qo‘shimchalarga ko‘ra, qarzdor ijro ishi bo‘yicha kafolat mablag‘larini kiritish huquqiga ega.
Qayd etilishicha, mablag‘larni kiritish qarzdor tomonidan unga nisbatan mulkiy tusdagi sud hujjati bo‘yicha majburiyatlarning bajarilishini majburiy ijro organining depozit hisobvarag‘iga to‘liq yoki qisman pul o‘tkazish yo‘li bilan ta’minlashdan iboratdir.
Kafolat mablag‘larini kiritish ijro ishi yuritishni to‘xtatib turish, qarzdorga va uning mol-mulkiga nisbatan belgilangan cheklovlarni bekor qilish uchun asos bo‘ladi.
Kafolat mablag‘larini kiritish quyidagi hollarda qo‘llanadi:
ijro hujjatini berish uchun asos bo‘lgan sud hujjati ustidan berilgan shikoyat yoki keltirilgan protest sud tomonidan qabul qilinganda;
davlat ijrochisining harakati (qarori) ustidan shikoyat berilganda.
Kafolat mablag‘lari quyidagi hollarda 3 kunlik muddatda qaytariladi:
ijro hujjatini berish uchun asos bo‘lgan sud hujjati bekor bo‘lganda;
ijro hujjati amalda ijro etilganda.
Mavzuga oid
10:00 / 17.06.2026
Sud jarayonlarida advokatlar vakolatlari kengaytirilishi mumkin
09:45 / 17.06.2026
Braziliya sobiq prezidentining o‘g‘li qamoq jazosiga hukm qilindi
10:00 / 13.06.2026
Sud ekspertlarining davlat reyestri yuritiladi
12:19 / 09.06.2026