Moliya | 05:49 / 21.08.2025
3920
2 daqiqa o‘qiladi

Global bozorlar: fiskal hukmronlik xavfi kuchaymoqda

Foto: Unsplash

Investorlar yirik davlatlarda fiskal hukmronlik davri boshlanganidan ogohlantirmoqda. Davlat qarzining rekord darajaga yetishi va qarz olish xarajatlarining oshishi markaziy banklarni siyosiy bosim ostida qoldirmoqda.

AQShdagi vaziyat

Prezident Donald Tramp Federal rezervni foiz stavkalarini pasaytirishga chaqirmoqda. Bu davlatning ichki yoki tashqi bozordan qarzlarini kamaytiradi, ammo inflatsiya xavfini kuchaytirishi mumkin. Qisqa muddatli obligatsiyalar rentabelligi pasaymoqda, uzoq muddatli daromadlilik esa oshishda davom etmoqda.

Yevropa va Yaponiyada qarz bosimi

Buyuk Britaniyada 30 yillik obligatsiyalar daromadliligi 5,6 foizga yetib, so‘nggi chorak asrdagi eng yuqori darajani qayd etdi. Yaponiyada ham qarz yukining ortishi markaziy bank siyosatini bosim ostida qoldirmoqda.

Investorlarning xavotiri

Harvard professori Kennet Rogoff bu jarayonni “fiskal hukmronlik davri” deb atadi. Mashhur investor Rey Dalio esa haddan tashqari qarzlanish mamlakatlarni “qarz spiraliga” tushirib qo‘yishi mumkinligini ta’kidladi. Bu markaziy banklarni yana pul bosib chiqarishga qaytarishi va valutalarning qadrsizlanishiga olib kelishi mumkin.

Bozorlarning reaksiyasi

Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, rivojlangan mamlakatlarning qarz olish hajmi 2025 yilda rekord – 17 trillion dollarga yetishi kutilmoqda. Bu hukumatlarning qarz to‘lovlarini og‘irlashtirib, obligatsiyalar bozorida daromadlilikni yanada oshirmoqda.

Oltin va valuta xavfi

Mashhur investor Rey Dalioning ogohlantirishicha, obligatsiya daromadliligi juda yuqori bo‘lsa, markaziy banklar majburiy ravishda obligatsiyalarni sotib olishga qaytadi. Bu esa dollar va yevro kabi valutalar qadrsizlanishiga olib kelib, oltin narxini rekord darajaga ko‘tarishi mumkin.

Tayyorlagan:  Kun.uz Admin

Mavzuga oid