Jahon | 23:43 / 21.08.2025
5839
1 daqiqa o‘qiladi

Himoyalanayotgan Ukraina g‘alaba qozonadigan holatda emas - Tramp

Amerika yetakchisi Kiyevni “faqat himoyalanishga ruxsat berilgan, hujumga o‘tish taqiqlangan” sport jamoasiga o‘xshatdi.

Foto: Getty images

AQSh prezidenti Donald Tramp mudofaa pozitsiyasida turgan Ukraina Rossiya bilan urushda g‘alaba qozonadigan holatda emasligini aytdi.

U bugungi vaziyatga “Ukrainaga faqat himoyalanishni, hujumga o‘tmaslik”ni buyurgan Jo Bayden ma’muriyati sababchiligini aytdi.

Trampning fikricha, "bostirib kirgan davlatga qarshi hujumga o‘tmasdan turib, g‘alabaga erishish juda qiyin”.

"G‘alaba qozonishning imkoni yo‘q", - deb yozdi u Truth Social tarmog‘ida.

Amerika yetakchisi Kiyevni “faqat himoyalanishga ruxsat berilgan, hujumga o‘tish taqiqlangan” sport jamoasiga o‘xshatdi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid