Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukraina uchun xavfsizlik kafolatlarida AQSh minimal rol o‘ynaydi
Yevropa Ukrainada barqaror tinchlikni saqlash yukini o‘z zimmasiga olishiga to‘g‘ri keladi.
Foto: Oq uy
Pentagonning siyosiy masalalar bo‘yicha yuqori martabali vakili ittifoqchilarning kichik guruhiga AQSh Ukrainaga har qanday xavfsizlik kafolatlarini berishda minimal rol o‘ynashni rejalashtirayotganini aytdi. Bu haqda Politico yozdi.
Qayd etilishicha, bu Yevropa Ukrainada barqaror tinchlikni saqlash yukini o‘z zimmasiga olishiga to‘g‘ri kelishining eng aniq belgilaridan biridir.
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, Buyuk Britaniya, Fransiya, Germaniya va Finlyandiya mudofaa idoralari rahbarlari Amerika tomonidan Ukrainani Rossiya bilan tinchlik kelishuviga erishishda qo‘llab-quvvatlash uchun qanday qo‘shinlar va havo kuchlari bilan ta’minlashi haqida ma’lumot berishni so‘ragan.
Rasmiylarning aytishicha, ushbu uchrashuv va NATO yetakchilarining 20 mart kuni shoshilinch ravishda tashkil etilgan yana bir uchrashuvi ittifoqchilarda AQSh prezidenti Donald Tramp Rossiya bosqinini yakunlaganidan keyin uzoq muddatli tinchlikni ta’minlashda Yevropaga tayanishi borasidagi xavotirlarni kuchaytirdi.
«Buni joylarda aynan Yevropa amalga oshirishi tobora aniq bo‘lib bormoqda. AQSh hech narsaga to‘liq sodiq emas», dedi muzokaralar jarayonidan xabardor bo‘lgan NATO diplomati.
Shu bilan birga, ba’zi Yevropa rasmiylari bu haftadagi uchrashuvlar murakkab muzokaralar va «savdolar» seriyasining «birinchi to‘lqini» ekani haqida ogohlantirdi, chunki Yevropa tinchlikni saqlash bo‘yicha keng ko‘lamli va qimmatga tushadigan vazifaga duch kelmoqda.
Oq uyda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda ishtirok etgan NATO bosh kotibi Mark Ryutte alyansga a’zo 32 davlatni muzokaralar haqida xabardor qilgan va xavfsizlik kafolatlarini umumiy tarzda muhokama etishni boshlagan.
18 avgust kuni Tramp AQSh qo‘shinlarini Ukrainaga yuborishga tayyorligini ma’lum qildi. Ammo bir kun o‘tgach, u o‘z niyatidan voz kechib, buning o‘rniga Yevropa qo‘shinlariga havodan yordam berishga tayyorligini aytdi.
Mavzuga oid
23:05 / 19.02.2026
Tramp «Tinchlik kengashi» yordamida BMT rolini kuchaytirish rejalarini e’lon qildi
22:36 / 19.02.2026
Qozog‘iston va yana to‘rt davlat G‘azodagi xavfsizlik kuchlariga qo‘shin yuboradi
22:15 / 19.02.2026
O‘zbekiston G‘azoda uy-joy binolari, bolalar bog‘chasi, maktab va shifoxonalar qurishga tayyor – Shavkat Mirziyoyev
18:49 / 19.02.2026