Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nigeriyada masjidga qilingan hujum oqibatida 30 kishi halok bo‘ldi
Xabar qilinishicha, Mantau rayonidagi masjidga bomdod namozi vaqtida qurolli to‘da a’zolari hujum uyushtirgan.
Nigeriyaning Katsina shtatidagi masjidga qilingan qurolli hujum qurbonlari soni 30 kishiga yetdi, deb ma’lum qildi Malumfashi okrugi deputati Aminu Ibrohim.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Mantau rayonidagi masjidga bomdod namozi vaqtida qurolli to‘da a’zolari hujum uyushtirgan.
Ibrohimning ta’kidlashicha, shtatning turli hududlarida masjidlarga hujumlar amalga oshirilmoqda.
U parlament va shtat hukumatini aholini himoya qilish uchun xavfsizlik kuchlarini joylashtirishga chaqirdi.
Nigeriyada qurolli to‘dalar, xususan, ISWAP va “Boko Haram” kabi terrorchi tashkilotlar xavfi haligacha yuqori darajada saqlanib turibdi.
Mavzuga oid
20:33 / 16.05.2026
Tramp IShID yetakchilaridan biri yo‘q qilinganini aytdi
08:44 / 03.01.2026
Nigeriyada YTH: Entoni Joshuaning haydovchisiga nisbatan ish qo‘zg‘atildi
12:30 / 26.12.2025
AQSh Nigeriyada IShID obektlariga zarba berdi
09:54 / 22.12.2025