Jahon | 00:58 / 22.08.2025
3829
1 daqiqa o‘qiladi

Yevropadagi pochta operatorlari AQShdan jo‘natmalar qabul qilishni to‘xtatadi

29 avgustdan kuchga kiradigan yangi qoidalarga ko‘ra, jo‘natuvchilar bojxona yig‘imini jo‘natma AQShga yetkazilishidan avval to‘lashi kerak.

Foto: Shutterstock

23 agustdan boshlab Norvegiya, Shvetsiya va Belgiya pochta operatorlari bojlar bilan bog‘liq vaziyatga aniqlik kiritilmaguniga qadar AQShdan jo‘natmalar qabul qilish va jo‘natishni to‘xtatadi

Posten Bring, PostNord va bpost ma’lum qilishicha, AQShda qiymati 800 dollargacha bo‘lgan jo‘natmalar uchun imtiyozlar bekor bo‘lganidan so‘ng mana shu qarorga kelingan. Ilgari bunday jo‘natmalar bojxona yig‘imidan ozod qilingandi. 

29 avgustdan kuchga kiradigan yangi qoidalarga ko‘ra, jo‘natuvchilar bojxona yig‘imini jo‘natma AQShga yetkazilishidan avval to‘lashi kerak. 

"AQSh bojxona organlari tomonidan bu jarayon tafsilotlariga aniqlik kiritilganicha yo‘q", - deyiladi Posten Bring xabarnomasida.

Qayd etilishicha, qiymati 100 dollargacha va 800 dollardan ortiq jo‘natmalar uchun qoidalar o‘zgarmagan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid