Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kanada AQShning qator mahsulotlariga nisbatan bojlarni bekor qiladi
Bosh vazir Mark Karnining so‘zlariga ko‘ra, ushbu tartib 1 sentabrdan kuchga kiradi.
Kanada hukumati Amerikaning AQSh, Kanada va Meksika o‘rtasidagi erkin savdo to‘g‘risidagi shartnomaga (USMCA) muvofiq yetkazib beriladigan mahsulotlariga nisbatan joriy etilgan import bojlarini bekor qiladi. Bu haqda Kanada bosh vaziri Mark Karni ma’lum qildi.
"Kanada hukumati USMCA bo‘yicha yetkazib beriladigan AQSh mahsulotlariga nisbatan kiritilgan barcha bojlarni bekor qiladi", - dedi u.
Bosh vazirning so‘zlariga ko‘ra, ushbu tartib 1 sentabrdan kuchga kiradi.
Uning aytishicha, Kanada po‘lat, alyuminiy va avtomobillarga nisbatan joriy etilgan tariflarni saqlab qoladi.
Reuters agentligining yozishicha, AQSh ma’muriyati Kanadaning bu qarorini olqishlagan.