Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukraina TIV: Zelenskiy Putin bilan hududlar masalasini muhokama qilishga tayyor
Ukraina tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Sergey Kislitsaning so‘zlariga ko‘ra, Zelenskiy Ukraina qonunchiligi va jamoatchilik fikriga muvofiq ish ko‘radi.
Foto: AFP/Getty
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashuvda hududlar masalasini muhokama qilishga tayyor. Bu haqda Ukraina tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Sergey Kislitsa NBC News telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Zelenskiy Ukraina qonunchiligi va jamoatchilik fikriga muvofiq ish ko‘radi. Kislitsaning ta’kidlashicha, Ukraina jamoatchiligi «tinchlik evaziga hududlarni berishga mutlaqo qarshi».
«Prezident Zelenskiy prezident Putin bilan buni muhokama qilishga tayyorligini yaqqol tushuntirdi deb o‘ylayman»,— dedi u.
Avvalroq AQSh davlat kotibi Marko Rubio Ukraina ham, Rossiya ham tinchlik bitimi tuzish uchun yon berishiga to‘g‘ri kelishini aytgandi.
Mavzuga oid
13:44
Zelenskiy: AQSh va Ukraina tinchlik rejasida 20 band tayyor
11:21
Ukraina Polshaga rossiyalik arxeologni topshirishni so‘rab murojaat qildi
10:23
Ukraina Donetsk viloyatidagi Seversk shahrini tark etganini tasdiqladi
09:20