Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy Ukrainadagi tinchlikparvarlik missiyasida qatnashishga tayyor – OAV
Xitoy Ukraina uchun xavfsizlik kafolati berishini rasman ma’lum qilmadi, bunday taklif Rossiya tomonidan berilgan. Zelenskiy Xitoyning xavfsizlik kafolatlarida ishtirok etishiga rozi bo‘lmadi.
Xitoy Ukrainadagi tinchlikparvarlik missiyasida qatnashishga tayyor, deb xabar berdi Die Welt nashri.
Gazeta Xitoy hukumat doiralari bilan muloqotda bo‘lib turgan YeI diplomatik vakillariga tayanmoqda.
Ukraina xavfsizligi kafolatlari Donald Tramp va Vladimir Putinning Alyaskada bo‘lib o‘tgan uchrashuvidan so‘ng faol muhokama qilina boshlandi, o‘sha uchrashuv yakunida Rossiya prezidenti Moskva «Ukraina xavfsizligini ta’minlash uchun ishlashga tayyorligi»ni aytgandi. Axios nashrining yozishicha, Putin Xitoyni Ukraina xavfsizligi uchun ehtimoliy kafil sifatida tilga olgan.
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Kiyev Xitoyni urushdan keyin Ukraina xavfsizligiga kafil davlatlar qatorida ko‘rmayotganini aytdi.
«Nega Xitoy kafil bo‘lolmaydi? Birinchidan, Xitoy avvalboshdan bizga bu urushni to‘xtatishda yordam bermadi. Ikkinchidan, Xitoy dronlar bozorini ochib, Rossiyaga yordam berdi», – dedi Ukraina prezidenti.
Mavzuga oid
10:02
Ukraina armiyasida keng ko‘lamli islohotlar boshlandi
23:16 / 12.06.2026
Yevropa Ittifoqi Ukraina va Moldova a’zoligi bo‘yicha muzokaralarni boshlaydi
17:21 / 12.06.2026
Rossiya–Ukraina urushida front chizig‘i: tashabbus kim tomonda?
08:43 / 11.06.2026