Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shota Rustaveli ko‘chasining bir qismi 31 avgustgacha yopildi
Poytaxtdagi Shota Rustaveli ko‘chasining Cho‘ponota ko‘chasi bilan kesishmasidan to Mirobod ko‘chasi bilan kesishmasigacha bo‘lgan qismi 31 avgustgacha yopildi. Qator avtobus yo‘nalishlari harakatlariga vaqtincha o‘zgartirishlar kiritildi.
Toshkent shahridagi Shota Rustaveli ko‘chasini rekonstruksiya qilish ishlari doirasida uning bir qismida avtotransport harakati vaqtincha cheklanadi, deya xabar bermoqda poytaxt hokimligi.
Cho‘ponota va Shota Rustaveli ko‘chalari kesishmasidan («Birodarlik qabrlari» yodgorligi) to Shota Rustaveli ko‘chasining Mirobod ko‘chasi bilan kesishmasigacha («Grand Mir» mehmonxonasi aylanasi) bo‘lgan qism yopiladi.
Cheklov 24 avgustdan 31 avgustgacha amal qiladi.
Toshkent shahri Transport bosh boshqarmasining ma’lum qilishicha, yuqoridagi sabab bilan ushbu manzil orqali harakatlanayotgan avtobus yo‘nalishlari harakatiga vaqtincha quyidagicha qo‘shimcha o‘zgartirishlar kiritildi:
- 12, 45-sonli yo‘nalishlar harakati Bobur, Kichik halqa yo‘li, Qushbegi, Muqimiy, Bobur ko‘chalari orqali bir tomonlama aylanma ko‘rinishda;
- 18-sonli yo‘nalish harakati Muqimiy, Arnasoy, Cho‘pon ota ko‘chalari orqali;
- 33-sonli yo‘nalish harakati Cho‘pon ota S.Sirojiddinov, Shoxjaxon, Bobur ko‘chalari orqali;
- 126-sonli yo‘nalish harakati Sh. Rustaveli, Cho‘pon ota, Bog‘i Bo‘ston, At-Termiziy, O‘rikzor, Bobur ko‘chalari orqali;
- 69, 114-sonli yo‘nalishlar harakati Kichik halqa yo‘li orqali Bog‘i Bo‘ston va Cho‘pon ota ko‘chlari orqali harakatlanmagan holda;
- 38, 40, 57, 58-sonli yo‘nalishlar harakati Kichik halqa Janubiy vokzal bekatidan Kichik halqa yo‘liga harakatlangan holda;
- 67-sonli yo‘nalishning ikki tomonlama harakati Shaxrisabz, Oybek, Nukus, Bobur ko‘chalari orqali;
- 81, 98-sonli yo‘nalishlar Yusuf Xos Hojib, Bobur ko‘chalari orqali;
- 2, 80, 94, 127-sonli yo‘nalishlar Muqimiy ko‘chasining Bobur ko‘chasidan Sh. Rustaveli ko‘chasigacha bo‘lgan oralig‘idagi qismi orqali o‘zgartirildi.
- 135-sonli yo‘nalish harakati Muqimiy ko‘chasidagi «Muqimiy ko‘chasi» bekatida qisqartirildi.

«Rekonstruksiya ishlari davomida ko‘chalardagi tirbandlik ortishi ehtimoli mavjud. Shunga ko‘ra, yo‘nalishlarga qo‘shimcha o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin. Avtobuslarning harakat vaqti hamda oraliq vaqti rejadagidan uzoqroq bo‘lishi mumkin», – deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
08:41
Toshkentda 115-sonli avtobus yo‘nalishi yangilandi
15:24 / 22.11.2025
Toshkentda yo‘nalishlardagi avtobuslar yangilanmoqda
13:56 / 14.11.2025
Poytaxt bilan Toshkent viloyati o‘rtasida yangi avtobus yo‘nalishi ochiladi
09:43 / 13.11.2025