Jahon | 22:02 / 24.08.2025
10319
2 daqiqa o‘qiladi

Zelenskiy ukrainaliklarga murojaat yo‘lladi

Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy mamlakat mustaqilligi kuni munosabati bilan videomurojaat bilan chiqdi.

Foto: AP

Uning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina "qaytib hech qachon ruslar “murosa” deb atayotgan sharmandalikka majbur qilinmaydi".

Zelenskiyning fikricha, "Ukrainani eshitishmoqda, Ukraina bilan hisoblashishmoqda, unga quloq solishmoqda. Uning joyi stol yonida, unga "Tashqarida kutib turing" deyishmayapti. Unga "Faqat o‘zingiz hal qilasiz" deyishyapti”.

"Bugun AQSh ham, Yevropa ham Ukraina hozircha g‘alaba qozonmagani, lekin aniq yutqazmasligiga ishonmoqda", - dedi Ukraina prezidenti.

Uning ta’kidlashicha, "Ukraina ittifoqchilik va hamkorlikni, ilg‘or mudofaa texnologiyalarini, jasorat tajribasini so‘ramayapti, balki taklif qilyapti”.

"Bizga YeI kerak" deyapmiz. Ha. Lekin biz ham unga kerakmiz.Buni hamma tan olmoqda. Ukrainani shunday tan olishadi. Kambag‘al qarindosh emas, balki kuchli ittifoqchi sifatida", - dedi Zelenskiy.

U murojaatida hudud almashish yoki berish hamda NATOga kirish haqida so‘z ochmagan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid