Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Iordaniya podshohining O‘zbekistonga davlat tashrifi boshlandi
Abdulla II ibn Al-Husayn 25 avgust kuni Samarqandga keldi.
Prezident Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Iordaniya Hoshimiylar Podshohligi podshohi Abdulla II ibn Al-Husayn 25 avgust kuni davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga keldi.
Samarqand shahri aeroportida podshohni Shavkat Mirziyoyev kutib oldi.
Oliy martabali mehmon sharafiga ikki mamlakat davlat bayroqlari ko‘tarildi, faxriy qorovul saf tortdi. Milliy kuy-qo‘shiq va raqslardan iborat tantanali marosim bo‘lib o‘tdi.
Tashrifning asosiy tadbirlari 26 avgustga rejalashtirilgan.
Bugun davlat rahbarlari birgalikda qadimiy Samarqandning tarixiy obidalarini ziyorat qiladi.



Mavzuga oid
10:01 / 02.10.2025
Sardor Umrzoqov Iordaniya podshohi bilan uchrashdi
10:15 / 27.09.2025
O‘zbekiston va Iordaniya mis va uran qazib olish sohasida loyihalarni amalga oshirishga kelishib oldi
08:30 / 24.09.2025
O‘zbekiston prezidenti Iordaniya podshohi bilan uchrashdi
10:49 / 20.09.2025