O‘zbekiston | 12:20 / 25.08.2025
6254
2 daqiqa o‘qiladi

Qirg‘izistonga O‘zbekistondan 21 tonna qovun somon tufayli kiritilmadi

2025 yil 22 avgust kuni Qirg‘iziston-O‘zbekiston chegarasidagi «Do‘stuk» nazorat-o‘tkazish punktida Kimyolashtirish, o‘simliklarni himoya qilish va karantin boshqarmasining O‘sh hududiy boshqarmasi tomonidan O‘zbekistondan O‘sh viloyatiga ketayotgan yuk avtomashinasini ko‘zdan kechirish chog‘ida yuqori darajadagi fitosanitariya xavfi bo‘lgan mahsulotlarni tashishda qoidabuzarlik aniqlangan. Bu haqda Qirg‘iziston Qishloq xo‘jaligi vazirligi xabar berdi.

Foto: knews.kg

Hujjatli tekshiruv va 21 tonna qovun solingan avtomashinani ko‘zdan kechirish chog‘ida somon ham topilgan. Somon ham fitosanitariya xavfi yuqori bo‘lgan karantin mahsuloti bo‘lib, uning tarkibida xavfli karantin begona o‘tlar urug‘i yo‘qligi fitosanitariya sertifikatida ko‘rsatilishi kerak bo‘lgan. Somon karantin obektlari bilan ambroziya, povilika kabi ifloslanish (infeksiya) manbai hisoblanadi.

Karantin ostidagi mahsulotlarning har bir partiyasini olib kirish va olib chiqishga import qiluvchi davlatning karantin fitosanitar talablariga muvofiq fitosanitariya sertifikati bilan ruxsat etiladi.

Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqining bojxona chegarasi va bojxona hududida karantin mahsuloti va karantin obektlariga nisbatan Yagona karantin fitosanitariya talablari buzilgani aniqlangani munosabati bilan karantin fitosanitariya nazorati bayonnomalari tuzilib, yuklarni qaytarish to‘g‘risida topshiriq berildi. O‘sh boshqarmasi xodimlari nazorati ostida qonunga zid ravishda olib kirilayotgan barcha mahsulotlar jo‘natuvchiga qaytarildi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid