O‘zbekiston | 19:17 / 26.08.2025
4480
1 daqiqa o‘qiladi

Iordaniya podshohining O‘zbekistonga davlat tashrifi yakunlandi

Ikki davlat rahbarlarining muzokaralarida hamkorlikni rivojlantirishning ustuvor va istiqbolli yo‘nalishlari belgilandi, ikki tomonlama munosabatlarni yangi bosqichga olib chiqishga kelishildi.

Iordaniya podshohi Abdulla II ibn Al-Husaynning O‘zbekistonga davlat tashrifi nihoyasiga yetdi.

25 avgust kuni prezident Shavkat Mirziyoyev va Abdulla II Samarqandning diqqatga sazovor joylariga tashrif buyurdi. 26 avgust kuni bo‘lib o‘tgan samarali muzokaralarda hamkorlikni rivojlantirishning ustuvor va istiqbolli yo‘nalishlari belgilandi, ikki tomonlama munosabatlarni yangi bosqichga olib chiqishga kelishildi.

Tadbirlar yakunlangach, Samarqand xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni prezident Shavkat Mirziyoyev kuzatib qo‘ydi.

Shu bilan davlat rahbari Samarqandga safarini yakunlab, Toshkentga qaytdi.

Mavzuga oid