Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Vudi Allen Rossiyadagi kinofestival bilan bog‘liq tanqidga javob berdi
Ukraina Tashqi ishlar vazirligi Vudi Allenni Moskvadagi kinofestivaldagi onlayn ishtiroki uchun tanqid qildi. Bunga javoban amerikalik rejissyor Rossiyani Ukrainaga bostirib kirganlikda qoraladi, biroq «badiiy suhbatlar»ni davom ettirishga chaqirdi.
Amerikalik rejissyor Vudi Allen Rossiya va Ukraina o‘rtasida keng ko‘lamli urush boshlanishiga Rossiya rahbariyati mas’ul ekanini va bu urush dahshatli ekanini aytdi. Hollivud vakili Moskva xalqaro kino haftaligidagi onlayn ishtirokini tanqid qilganlarga shunday javob berdi. Rejissyorning izohi 25 avgust, dushanba kuni Britaniyaning The Guardian gazetasida chop etildi.
Allen video-aloqa orqali tadbirda ishtirok etishi Rossiya rejimini «oqlashi» haqidagi da’volarni rad etdi. «Ukrainadagi mojaro haqida gap ketganda, men Vladimir Putinning mutlaqo noto‘g‘ri ekanligiga qat’iy ishonaman. U boshlagan urush dahshatli», — deya rejissyordan iqtibos keltiradi nashr.
«Ammo siyosatchilar nima qilmasin, menimcha, badiiy suhbatlarni to‘xtatish - yordam berishning yaxshi usuli emas», deb davom etdi u.
Bir kun avval Vudi Allen Moskva xalqaro kino haftaligi sessiyalaridan birida video-aloqa orqali ishtirok etdi. U bilan suhbatni bir paytlar Qrimning Rossiyaga qo‘shib olinishini qo‘llab-quvvatlagan rossiyalik rejissyor Fyodor Bondarchuk olib bordi. «Men Moskvada edim, Sankt-Peterburgda edim. Men har doim rus kinosini sevib kelgan odamman», dedi Allen suhbat chog‘ida.
Mavzuga oid
19:29 / 22.09.2025
Rossiya har qanday tahdidlarga javob berishga qodir – Putin
15:20 / 22.09.2025
Qrim «hokimiyati» Ukraina Forosga zarba berganini ma’lum qildi
14:35 / 22.09.2025
Germaniya Boltiq dengizidagi Rossiya samolyoti tufayli qiruvchilarini havoga ko‘tardi
12:25 / 22.09.2025