Avto | 21:18 / 26.08.2025
13514
2 daqiqa o‘qiladi

Xitoy elektromobili aqlbovar qilmas rekord o‘rnatdi

Yangwang kompaniyasi U9 giperkari soatiga 472,41 km tezlikka erishdi.

Foto: Top Gear

Xitoyning Yangwang kompaniyasi U9 giperkari soatiga 472,41 km tezlikka erishib, seriyali elektromobillar uchun maksimal tezlik bo‘yicha yangi rekord o‘rnatganini e’lon qildi. Bu haqda Top Gear xabar berdi.

Rekord Germaniyada joylashgan Automotive Testing Papenburg yuqori tezlikdagi sinov yo‘lagida o‘rnatildi. Bunda maksimal quvvati aqlbovar qilmaydigan 3000 ot kuchiga ega bo‘lgan U9 Track Edition versiyasidan foydalanildi.

Mustaqil mutaxassislarning ta’kidlashicha, Yangwang U9 rekordi elektromobillar orasida mutlaq emas. Gap shundaki, avvalroq eksperimental Venturi Buckeye Bullet 3 549,4 km/soat tezlikka erishgan edi. Biroq u rekord darajadagi poygalar uchun maxsus ishlab chiqarilgan va seriyali avtomobil emas.

Shuningdek, kelajakda Yangwang U9 modelining yanada kuchliroq versiyasi taqdim etilishi mumkinligi aytilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Yangwang Xitoyning BYD Auto avtogigantining bo‘linmasi bo‘lib, gibrid va to‘liq elektromobillar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Kompaniyaning birinchi Yangwang U8 modeli 2023 yil yanvar oyida Guanchjoudagi avtosalonda taqdim etilgan.

Mavzuga oid