Jahon | 21:58 / 27.08.2025
15440
2 daqiqa o‘qiladi

Ilhom Aliyev Rossiya armiyasi 1920 yilda Ozarboyjonni bosib olganini aytdi

U Rossiya imperiyasi parchalanganidan keyin Ozarboyjon Demokratik Respublikasi tashkil etilganini eslatdi. «Biz o‘z davlatimizni barpo etdik. Ammo bolsheviklar uni bizdan tortib oldi», dedi Aliyev.

Foto: Ozarboyjon prezidenti matbuot xizmati

Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev «Al-Arabiya» telekanaliga bergan intervyusida 1920 yilda «Rossiya armiyasi Ozarboyjonga bostirib kirib, mamlakatni istilo qilganini» aytdi.

«1917 yil inqilobini amalga oshirgan bolsheviklar xalqni aldadi. Ularning shiorlari: «fabrika va zavodlar - ishchilarga, yer - dehqonlarga, ozodlik - xalqlarga» edi. Biz o‘z davlatimizni barpo etdik. Ammo bolsheviklar uni bizdan tortib oldi», dedi Aliyev.

U Rossiya imperiyasi parchalanganidan keyin Ozarboyjon Demokratik Respublikasi tashkil etilganini eslatdi. «Biz o‘z davlatimizni barpo etdik. Ammo bolsheviklar uni bizdan tortib oldi», dedi Aliyev.

Ozarboyjon prezidenti tarixiy faktlarni Armaniston bilan mojaro kontekstida eslatdi, intervyuning katta qismi shu mavzuga bag‘ishlangan.

Aliyev «bosqin» so‘zini Rossiya va Ukraina urushi haqida gapirganda ham ishlatdi.

«Biz Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishining birinchi kunlaridan boshlab, Ukrainaning hududiy yaxlitligini qo‘llab-quvvatladik va qo‘llab-quvvatlashda davom etmoqdamiz», dedi u.

Shuningdek, Aliyev so‘nggi paytlarda Ozarboyjon va Rossiya o‘rtasidagi munosabatlar sovuqlashganini ham aytib o‘tdi.

«Biz munosabatlar yomonlashgani uchun javobgar emasmiz. Biz konstruktiv va qonuniy javob beramiz, ammo hech qachon bizga nisbatan tajovuz yoki hurmatsizlik belgilari yoki ko‘rinishlariga yo‘l qo‘ymaymiz», dedi u.

Mavzuga oid