Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qoraqalpog‘istonni rivojlantirish jamg‘armasi tashkil etiladi
Prezidentning "Qoraqalpog‘iston Respublikasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni yanada jadallashtirish to‘g‘risida"gi qarori qabul qilindi.
Boston Consulting Group bilan birgalikda ishlab chiqilgan Qoraqalpog‘iston Respublikasini 2035 yilgacha rivojlantirish strategiyasi besh yillik batafsil dastur asosida amalga oshiriladi. Dasturni moliyalashtirish uchun natijaga asoslangan moliyalashtirish tizimi (PforR) bo‘yicha 150-200 mln dollar miqdorida xorijiy mablag‘lar jalb qilinadi.
Hujjatda 2025-2026 yillar uchun asosiy maqsadli ko‘rsatkichlar belgilandi. Jumladan, yalpi hududiy mahsulot o‘sishini 6-6,5 foizga, sanoat ishlab chiqarishi hajmini 5-6 foizga, xizmatlar bozorini esa 15-17 foizga oshirish rejalashtirilgan.
Sanoat sohasida:
- yuklatilgan majburiyatlarni to‘liq bajargan kichik va yoshlar sanoat zonalari ishtirokchilariga sanoat zonalaridagi faoliyati muddatidan qat’i nazar, ularga berilgan bino-inshootlarni (yoki ularning bir qismini) to‘liq xususiylashtirish huquqi beriladi;
- sanoat zonalaridagi yuridik shaxslar uchun xususiylashtiriladigan yer uchastkasining sotib olish narxi Nukus shahrida 1 baravar, boshqa hududlarda 0,5 baravar yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘ining bazaviy stavkasi miqdoridan kelib chiqib belgilanadi;
- 2025 yil 1 oktyabrdan boshlab ochiq usulda foydali qazilmalar qazib olishni tashkil etuvchi tadbirkorlik sub’yektlariga yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun ruxsatnomalar berishga oid auksionda to‘lov taklif etilgan summani bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoni beriladi.
2025 yil yakuniga qadar Xitoy tajribasiga tayangan holda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik sohasidagi loyihalarni boshqarish markazi har biri kamida 5 gektar maydonli issiqxonalar quradi. Kambag‘al oilalar reyestriga kiritilgan oilalardan talabgorlarga uchastkalar 2 yil muddatga ijaraga beriladi.
Bunda yillik ijara haqi yer uchastkasi maydonidan kelib chiqib yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i bo‘yicha hisoblangan summasining 10 foizi miqdorida belgilanadi.
"Yashil" tamoyil asosida tasdiqlangan ro‘yxat bo‘yicha 11 ta ijtimoiy soha obektini qurish va ta’mirlash ishlari amalga oshiriladi.
Shuningdek, hujjatda Qoraqalpog‘istonda doimiy yashovchi va umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasbiy ta’lim muassasalarini tamomlagan yoshlar uchun tartib belgilandi:
- 2025-2026 o‘quv yilidan boshlab keyingi 3 o‘quv yili davomida davlat oliy ta’lim muassasalarida davlat granti asosida o‘qish uchun qo‘shimcha 500 ta kvota ajratiladi;
- respublika hududida faoliyat yurituvchi nodavlat va xorijiy oliy ta’lim muassasalari hamda ularning filiallarida davlat granti asosida o‘qish uchun har yili qo‘shimcha 200 ta kvota ajratiladi.
Mavzuga oid
09:09 / 14.04.2026
O‘zbekistonda elektron tijorat uchun bond omborlari tashkil etiladi
10:31 / 30.03.2026
Issiqxona xo‘jaliklariga yangi imtiyozlar beriladi
09:37 / 30.03.2026
Uchta yangi milliy tabiat bog‘i tashkil etiladi
08:27 / 17.03.2026