Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qurilish obektlarida QR-kodli pasport o‘rnatish tartibi belgilandi
“Qurilish obektlarida QR-kodli (matrik shtrixli kod) pasport o‘rnatish tartibi to‘g‘risida”gi nizom Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.
Foto: stroimprosto.mos.ru
Mazkur nizom qurilish obektlarida QR-kodli (matrik shtrixli kod) pasportni o‘rnatish tartibini belgilaydi.
QR-kodli pasport qurilish obekti hududiy inspeksiyalarda ro‘yxatdan o‘tgan kunda buyurtmachi tomonidan obektning kirish qismiga yoki barcha uchun ko‘rinadigan joyda majburiy tartibda o‘rnatiladi.
QR-kodli pasport qurilish obekti hududiy inspeksiyalarda ro‘yxatdan o‘tgan kundan boshlab, obekt foydalanishga topshirilgunga qadar amalda bo‘lishi zarur.
QR-kodli pasport namlik va tashqi ta’sirlarga chidamli materialdan tayyorlangan bo‘lishi, umumiy o‘lchamlari 2400x1200 mm ni tashkil etishi hamda yer sathidan kamida 1 m balandlikda o‘rnatilishi lozim.
Qurilish obekti hududiy inspeksiyasida ro‘yxatdan o‘tkazilgach, «Shaffof qurilish» axborot tizimida obektga oid dastlabki ma’lumotlar joylashtirilgan sahifa uchun QR-kod avtomatik tarzda shakllantiriladi.
Mavzuga oid
15:43 / 03.12.2025
Oliy ta’lim tizimi faoliyatini tartibga soluvchi yangi nizom qabul qilinadi
09:37 / 02.12.2025
Statsionar bemorlarni boshqa tibbiyot muassasasiga bepul o‘tkazish tartibi joriy etildi
12:24 / 29.11.2025
Avtomobillarga ekostikerlar beriladi: “yashil”, “sariq” va “qizil” toifalar joriy etiladi
10:48 / 25.11.2025