Adliya vazirligi yagona QR-kod böyiça idoraviy hujjatni davlat röyxatidan ötkazdi. Hujjat prezident farmoni ijrosini ta’minlaş maqsadida qabul qilingan, uşbu farmon bilan barça savdo va xizmat körsatiş sohasidagi yuridik şaxslar uçun bosqiçma-bosqiç yagona QR-kod orqali tölovlarni qabul qiliş tizimi joriy etilişi belgilangan.

Hujjatda QR-kod orqali tölovlarni amalga oşirişning yagona tartibi hamda yagona QR-kod tizimi iştirokçilarining vazifalari belgilandi.

Yagona QR-kod – foydalanuvçilarga istalgan bank yoki tölov taşkilotining mobil ilovasi orqali tölovlarni amalga oşiriş imkonini beradi.

Mazkur qoidalar quyidagilarni nazarda tutadi:

- QR-kodlar statik va dinamik turlarga ajratiladi;

- barça tölov tizimlarining yagona QR-kod tizimi orqali özaro integratsiyasi ta’minlanadi;

- QR-kod tizimi operatori tomonidan tölovlar haqidagi ma’lumot va hisob-kitoblar avtomatlaştirilgan tarzda amalga oşiriladi va real vaqt rejimida QR-kod tizimi iştirokçilariga yetkaziladi;

- QR-kod tizimi doirasida mijozlarni qöllab-quvvatlaş xizmati va murojaatlarning holati töğrisidagi ma’lumotlarni yuklab oliş imkoniyati yaratiladi.

Qoidalarga köra, har bir foydalanuvçiga mobil ilovalar orqali QR-kodni skanerlaş, tölov summasini tasdiqlaş va har bir operatsiya böyiça onlayn ma’lumotnoma oliş va tranzaksiyalar tarixi bilan tanişiş imkoniyati taqdim etiladi.