Mazkur nizom qurilish obektlarida QR-kodli (matrik shtrixli kod) pasportni o‘rnatish tartibini belgilaydi.

QR-kodli pasport qurilish obekti hududiy inspeksiyalarda ro‘yxatdan o‘tgan kunda buyurtmachi tomonidan obektning kirish qismiga yoki barcha uchun ko‘rinadigan joyda majburiy tartibda o‘rnatiladi.

QR-kodli pasport qurilish obekti hududiy inspeksiyalarda ro‘yxatdan o‘tgan kundan boshlab, obekt foydalanishga topshirilgunga qadar amalda bo‘lishi zarur.

QR-kodli pasport namlik va tashqi ta’sirlarga chidamli materialdan tayyorlangan bo‘lishi, umumiy o‘lchamlari 2400x1200 mm ni tashkil etishi hamda yer sathidan kamida 1 m balandlikda o‘rnatilishi lozim.

Qurilish obekti hududiy inspeksiyasida ro‘yxatdan o‘tkazilgach, «Shaffof qurilish» axborot tizimida obektga oid dastlabki ma’lumotlar joylashtirilgan sahifa uchun QR-kod avtomatik tarzda shakllantiriladi.