Farmonga köra, 2026 yil 1 iyuldan amaldagi funksiyalariga qöşimça ravişda quyidagi yangi imkoniyatlarga ega «Yagona davlat nazorati» axborot tizimi va uning mobil ilovasi işga tuşiriladi:

- tadbirkor faoliyat yuritadigan joydagi tuman (şahar) hokimi, mahalla raisi, hokim yordamçisi, profilaktika va soliq inspektorlari haqida ma’lumot oliş va ularga murojaat qiliş (çat) tizimini yaratiş;

- ötkazilgan tekşiruvlar va nazorat tadbiri hisoblanmaydigan muloqotlar natijasi böyiça davlat xizmatçisi xatti-harakatlariga baho beriş;

- tekşiriş huquqi bölmagan yoki tekşiruvga çiqişi belgilanmagan nazoratçi haqida real vaqt rejimida tadbirkorni xabardor qiliş va boşqalar.

Quyidagilar 2026 yil 1 avgustdan boşlab joriy etiladi:

- nazorat qiluvçi va mahalliy ijro etuvçi hokimiyat organlari, şu jumladan, huquqni muhofaza qiluvçi organlar mansabdor şaxslari va xodimlari (davlat xizmatçisi) hamda tadbirkorlar örtasida nazorat tadbiri hisoblanmaydigan muloqotni «Yagona davlat nazorati» axborot tizimida hisobga oliş tartibi;

- «Yagona davlat nazorati» axborot tizimida tadbirkorlar faoliyatida ötkaziladigan barça tekşiruvlarni, şu jumladan, qözğatilgan jinoyat işlari doirasida ötkaziladigan tekşiruvlar va profilaktika tadbirlarini röyxatga olişni va nazorat tadbiri hisoblanmaydigan muloqotlarni hisobga olişni ta’minlovçi «Biznes himoya» QR-kodi.