Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukrainada 22 yoshgacha bo‘lgan yigitlarga mamlakatni tark etishga ruxsat berildi
Ukraina hukumati 18 yoshdan 22 yoshgacha bo‘lgan yigitlar uchun chegarani kesib o‘tish qoidalarini yangiladi. Ushbu yosh toifasidagi erkaklarga urush davrida chegarani to‘siqsiz kesib o‘tishga ruxsat berilgan.
Ukrainada 18-22 yoshli erkaklar uchun davlat chegarasini kesib o‘tishning yangi qoidalari joriy etildi. «Mamlakatda joriy etilgan harbiy holatga qaramay, 18 yoshdan 22 yoshgacha bo‘lgan erkaklar chegarani to‘siqsiz kesib o‘tishi mumkin bo‘ladi. Bu tegishli yoshdagi barcha fuqarolarga taalluqlidir. Bu qaror turli sabablarga ko‘ra xorijda qolgan fuqarolarga ham taalluqlidir», — dedi Ukraina bosh vaziri Yuliya Sviridenko 26 avgust, seshanba kuni.
«Biz ukrainaliklar imkon qadar Ukraina bilan aloqalarini saqlab qolishini istaymiz», deb ishontirdi bosh vazir. Uning so‘zlariga ko‘ra, o‘zgartirishlar qaror rasmiy e’lon qilingan kundan keyingi kun kuchga kiradi. Hozirgacha Ukrainada Rossiya tomonidan keng ko‘lamli urush boshlanganidan beri amalda bo‘lgan harbiy holatda 60 yoshgacha bo‘lgan katta yoshli erkaklarning mamlakatni tark etishi taqiqlangan.
Ukraina ichki ishlar vaziri Igor Klimenko ayrim yoshdagi erkaklar uchun chegarani kesib o‘tish qoidalarini yumshatish sabablarini aytib o‘tdi. «Ushbu qadamdan ko‘zlangan maqsad, birinchi navbatda, ukrainalik yoshlarga xorijda ta’lim olish, amaliyot o‘tash va qonuniy ishga joylashish uchun kengroq imkoniyatlarni taqdim etishdir. Bu ular to‘plagan tajribalarini keyinchalik Ukraina taraqqiyoti yo‘lida qo‘llashi uchun zarur», — deb yozdi rasmiy o‘zining Telegram-kanalida.
Mavzuga oid
23:16 / 12.06.2026
Yevropa Ittifoqi Ukraina va Moldova a’zoligi bo‘yicha muzokaralarni boshlaydi
17:21 / 12.06.2026
Rossiya–Ukraina urushida front chizig‘i: tashabbus kim tomonda?
16:47 / 10.06.2026
Ukraina «Flamingo» raketalari bilan Cheboksarga zarba berdi
10:00 / 10.06.2026