Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mers: Rossiya Putin-Zelenskiy uchrashuvigacha vaqtni cho‘zmoqda
Tramp aytgan Zelenskiy va Putin uchrashuvi bo‘lib o‘tmasa, G‘arb yangi sanksiyalarga murojaat qilishga majbur bo‘ladi. Yevropa Ittifoqi allaqachon ular ustida ishlamoqda, dedi Germaniya kansleri.
Foto: Tobias Schwarz/AFP/Getty Images
Ukrainadagi vaziyatni tinch yo‘l bilan hal qilish yo‘lida Moskva Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiyning uchrashuvini ma’qullashni ma’lum shartlar bilan bog‘lab, «kechiktirish strategiyasiga» murojaat qilmoqda. Bunday fikrni Germaniya kansleri Fridrix Mers Berlinda Kanada bosh vaziri Mark Karni bilan qo‘shma matbuot anjumani chog‘ida bildirdi.
«Putin bu uchrashuvni Ukraina nuqtayi nazaridan ham, bizning shaxsiy nuqtayi nazarimizdan ham, mutlaqo qabul qilib bo‘lmaydigan dastlabki shartlar bilan bog‘lashni to‘g‘ri deb hisoblaydi», — dedi Germaniya hukumati rahbari.
AQSh prezidenti Donald Tramp Vladimir Putin bilan Alyaskadagi uchrashuvi va undan so‘ng Vashingtonda Volodimir Zelenskiy va Yevropa yetakchilari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvidan so‘ng, tinch yo‘l bilan kelishuv yechimiga erishish mumkinligini aniq aytdi, deb xabar beradi dpa agentligi. Shu bilan birga, yaqin ikki hafta ichida Putin va Zelenskiyning shaxsiy uchrashuvi bo‘lib o‘tishi mumkinligi aytilgandi. Biroq, bu muddat tez orada tugaydi.
Mavzuga oid
16:35
Rossiya Mudofaa vazirligi: 2025 yilda Ukrainadagi urushga 11 trln rubl sarflanadi
16:03
«Bojlar – mening sevimli so‘zim». Tramp xalqqa murojaat qildi
14:17
Mers: Ukraina uchun ishonchli xavfsizlik kafolatlari - tinchlikning “narxi”
13:39