Ukrainadagi vaziyatni tinç yöl bilan hal qiliş yölida Moskva Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiyning uçraşuvini ma’qullaşni ma’lum şartlar bilan boğlab, «keçiktiriş strategiyasiga» murojaat qilmoqda. Bunday fikrni Germaniya kansleri Fridrix Mers Berlinda Kanada boş vaziri Mark Karni bilan qöşma matbuot anjumani çoğida bildirdi.

«Putin bu uçraşuvni Ukraina nuqtayi nazaridan ham, bizning şaxsiy nuqtayi nazarimizdan ham, mutlaqo qabul qilib bölmaydigan dastlabki şartlar bilan boğlaşni töğri deb hisoblaydi», — dedi Germaniya hukumati rahbari.

AQŞ prezidenti Donald Tramp Vladimir Putin bilan Alyaskadagi uçraşuvi va undan söng Vaşingtonda Volodimir Zelenskiy va Yevropa yetakçilari bilan bölib ötgan uçraşuvidan söng, tinç yöl bilan kelişuv yeçimiga erişiş mumkinligini aniq aytdi, deb xabar beradi dpa agentligi. Şu bilan birga, yaqin ikki hafta içida Putin va Zelenskiyning şaxsiy uçraşuvi bölib ötişi mumkinligi aytilgandi. Biroq, bu muddat tez orada tugaydi.