Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Germaniyaning qurol eksportidan daromadi rekord darajaga yetdi
2024 yilda Germaniyadan Yevropa Ittifoqi va NATO davlatlaridan tashqariga qurol eksporti hajmi o‘tgan yilga nisbatan ikki baravar ko‘payib, 11,26 milliard yevroga yetdi. Ukrainaga 8,15 milliard yevrolik qurol jo‘natildi.
Germaniya hukumati 2024 yilda 12,83 milliard yevrolik qurol eksportini tasdiqladi, bu mamlakat uchun rekorddir. Dastlab Politico jurnalida chop etilgan bu ma’lumotlar AFP agentligi tomonidan e’lon qilindi. Ta’kidlanishicha, Germaniyadan eng katta hajmdagi qurol eksporti – 8,15 milliard yevro Rossiya agressiyasidan o‘zini himoya qilayotgan Ukrainaga yuborilgan.
Taqqoslash uchun: 2023 yilda Germaniya 12,3 milliard yevrolik qurol eksport qilgan. Germaniya mudofaa eksportining eng katta qismini harbiy va g‘ildirakli avtomobillar tashkil etdi: ular 4,4 milliard yevroga sotilgan. Keyingi o‘rinlarda 2,9 milliard yevrolik bombalar, torpedalar va qanotli raketalar, shuningdek, harbiy kemalar (1,5 milliard yevro) turadi.
Shu bilan birga, Germaniyaning Yevropa Ittifoqi va NATOga a’zo bo‘lgan yoki NATO a’zolari bilan teng maqomga ega bo‘lgan mamlakatlarga mudofaa eksportidan olgan daromadi 2024 yilda o‘tgan yilga nisbatan 6 milliard yevrodan 1,58 milliard yevroga kamaygan. YeIga qurol eksporti hajmi o‘n yil avvalgidan ham pastroq bo‘ldi: 2024 yildagi 736 million yevroga nisbatan 2014 yildagi 817 million yevro. Germaniyaning Yevropa Ittifoqi yoki NATO hamkorlariga qurol savdosi 2024 yilda barcha qurol eksportining 12 foizini tashkil etdi. 2023 yilda bu ko‘rsatkich taxminan 50 foizni tashkil etdi.
Mavzuga oid
10:35 / 22.06.2026
Ukraina Germaniya ishlab chiqarayotgan 600 ta raketaga buyurtma berdi
10:15 / 22.06.2026
Germaniyada ishlashni istovchilar uchun yangi dasturlar ishga tushirildi
09:30 / 22.06.2026
O‘zbekiston qaysi mamlakatlarga ko‘proq mahsulot sotmoqda?
12:04 / 18.06.2026