Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Namanganda Germaniya bilan hamkorlikda tibbiyot xodimlari tayyorlanadi
Germaniyadagi Lyudvigsburg ommaviy boshqaruv va moliya oliy maktabi huzuridagi Ommaviy iqtisodiy huquq instituti direktori Gerald Zander boshchiligidagi delegatsiya Namangan viloyatida bo‘ldi.
Tashrif Samarqand xalqaro salomatlik fanlari oliy maktabi O‘zbekiston-Germaniya qo‘shma korxonasining Namangan filialini tashkil etish maqsadida tashkil etildi.
Namangan viloyati hokimi bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda taklif etilayotgan davlat-xususiy sheriklik loyihasi muhokama qilindi.
Loyiha nemiszabon davlatlarda (DACH) vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirish istagida bo‘lgan fuqarolarni ish beruvchilarning talablari va mazkur davlatlar ta’lim standartlari asosida kasb-hunar va nemis tiliga o‘qitish, salomatlik va tibbiyot huquqi mutaxassisliklari bo‘yicha to‘rt yillik bakalavriat hamda ikki yillik magistratura yo‘nalishlari bo‘yicha ta’lim jarayonini yo‘lga qo‘yish, mahalliy mutaxassislarning kasbiy malakasini oshirishni qamrab oladi.
Muloqot yakunida Samarqand xalqaro salomatlik fanlari oliy maktabi O‘zbekiston-Germaniya qo‘shma korxonasi va Namangan viloyati hokimligi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
Ta’lim muassasasining asosiy maqsadi sog‘liqni saqlash sohasi uchun yuqori malakali tibbiyot xodimlari va boshqaruv kadrlarini tayyorlash hisoblanadi. Muassasada o‘zbek va nemis tibbiyot ta’limining o‘zida mujassam etgan eng ilg‘or an’analari, standartlari va amaliyotini joriy etiladi.
Mavzuga oid
08:40 / 06.06.2026
Kremlda Putin va Shryoder o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi
17:37 / 04.06.2026
Namanganda tergovchi va advokat pora bilan ushlandi
08:51 / 04.06.2026
Germaniya fuqaroligini olgan chet elliklar soni rekord darajaga yetdi
08:28 / 03.06.2026