Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Andijonda 500 mln dollarlik logistika parki qurilishi mumkin
Xitoyning China Shandong Huada Group kompaniyasi Andijon viloyatining Qo‘rg‘ontepa va Xo‘jaobod tumanlarida logistika parki qurishni rejalashtiryapti. Loyiha qiymati 500 mln dollarga baholangan.
Foto: Videodan kadr
Xitoyning China Shandong Huada Group kompaniyasi Andijon viloyatida 500 mln dollarlik logistika parki quradi. Bu haqda Andijon viloyati hokimligi matbuot xizmati ma’lum qildi.
27 avgust kuni viloyat hokimi Shuhrat Abdurahmonov Xitoyning China Shandong Huada Group kompaniyasi vakillari bilan muzokara o‘tkazgan. Muzokaralar davomida Qo‘rg‘ontepa va Xo‘jaobod tumanlarida logistika parki qurish uchun 500 mln dollar investitsiya kiritishi to‘g‘risidagi kelishuviga erishilgan.
Uchrashuvda to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish hamda yirik infratuzilma loyihalarini amalga oshirish masalalari muhokama qilingan. Loyiha doirasida temiryo‘l va avtomobil yo‘llariga xizmat qiluvchi zamonaviy logistika parki tashkil etilishi ko‘zda tutilmoqda.
Hokimlik taqdim etgan loyiha sxemasiga ko‘ra, yangi park yaqin vaqtlarda shakllanishi kutilayotgan yirik transport koridoriga xizmat qiladi. Bu koridor Lxasedan boshlanadigan va qurilishi rejalashtirilgan temiryo‘l, hozir barpo etilayotgan Xitoy–Qirg‘iziston–O‘zbekiston temiryo‘li hamda Andijon–Toshkent–Samarqand avtomagistrallarini qamrab oladi.
Muzokaralardan so‘ng investorlar va mahalliy mutasaddilar loyiha amalga oshiriladigan yer maydonlarini ko‘zdan kechirdi. Loyihaning amalga oshirilishi mintaqada transport oqimini ko‘paytirib, eksport va savdo imkoniyatlarini kengaytirishi kutilmoqda.
Mavzuga oid
19:38 / 04.12.2025
Andijon tibbiyot instituti talabalariga ijara kompensatsiyasi nega bekor qilindi?
18:36 / 03.12.2025
“Ekologik” reydlar: Andijonda somsa yopiladigan tandirlar buzib tashlandi
17:14 / 18.11.2025
“Oyoqda turolmaydigan darajada mast bo‘lgan” - Shahrixonda profilaktika inspektori mashinasida ikki odamni urib ketdi
10:53 / 20.09.2025