Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nobel mukofoti Tramp va Modi orasiga sovuqlik tushirdi – OAV
Oq uy rahbari Hindiston bosh vaziriga o‘z nomzodini Nobel mukofotiga ko‘rsatishini shama qilgan. Modining bundan bosh tortgani oraga sovuqlik tushirgani ta’kidlanmoqda.
Foto: Oq uy / Global Look Press
AQSh prezidenti Donald Tramp Hindiston bosh vaziri Narendra Modi bilan telefon orqali suhbatda Nyu-Dehli o‘z nomzodini tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotiga ilgari surishi kerakligiga ishora qilgan. Bu Hindiston bosh vazirining noroziligiga sabab bo‘ldi va siyosatchilarning munosabatlarini keskin yomonlashtirdi, deb yozdi The New York Times (NYT) suhbatdan xabardor odamlarga tayanib.
Bu bosh vazir va prezidentning 17 iyun kuni bo‘lib o‘tgan suhbati chog‘ida sodir bo‘ldi, deb aniqlik kiritdi nashr. Tramp Modiga Pokiston Amerika prezidentini Nyu-Dehli va Islomobod o‘rtasidagi o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha muzokaralardagi roli uchun Tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotiga nomzod qilib ko‘rsatishni rejalashtirayotganini aytgan. Keyinchalik Pokiston hukumati buni haqiqatan ham amalga oshirdi.
NYT manbalari Trampning so‘zlarini Modi Pokiston hukumati bilan bir xil yo‘l tutishi kerakligiga «aniq ishora» deb atadi.
Gazetaning yozishicha, Hindiston bosh vaziri respublikachining so‘zlaridan g‘azablangan va AQSh Pokiston bilan o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga hech qanday aloqasi yo‘qligini aytgan. Modining Tramp nomzodini qo‘llab-quvvatlashni istamagani siyosatchilar o‘rtasidagi munosabatlarni keskin yomonlashtirdi, deb ta’kidlamoqda NYT.
Pokistondan tashqari, Trampning tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotiga nomzodini oltita davlat qo‘llab-quvvatladi. The Economist nashrining yozishicha, AQSh prezidenti ushbu mukofotni olishni juda ham istamoqda.
Tramp va Modi o‘rtasidagi munosabatlarning keskinlashuviga, jumladan, Qo‘shma Shtatlarning Hindistonga qarshi joriy qilgan bojlari ham sabab bo‘lgan. Frankfurter Allgemeine Zeitung nashrining yozishicha, Tramp so‘nggi haftalarda Modiga to‘rt marta qo‘ng‘iroq qilishga uringan, biroq u suhbatdan bosh tortgan.
Nashrning yozishicha, Tramp Hindiston iqtisodiyotini «o‘lik» deb atagan va Nyu-Dehli Rossiya neftini sotib olgani uchun hind tovarlari importiga qo‘shimcha 25 foizlik bojlar kiritganidan keyin Modi «xafa» bo‘lgan. Chora-tadbirlar 27 avgustdan kuchga kirdi, Hindiston mahsulotlarini AQShga import qilish uchun umumiy boj 50 foizni tashkil etdi.
Mavzuga oid
14:35
AQSh «Lukoyl»ga joriy etilgan ayrim sanksiyalarni vaqtincha bekor qildi
09:40
NYT OAV uchun joriy etilgan cheklovlar sabab Pentagonni sudga berdi
09:00
NATO Shimoliy Yevropa mudofaasi bo‘yicha shtabni AQShga ko‘chiradi
08:40