Texnologiya | 19:53 / 30.08.2025
23159
5 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonlik TOP-30 sun’iy intellekt liderlari ro‘yxati tuzildi

“Yuksalish” harakati va Markaziy Osiyo sun’iy intellekt assotsiatsiyasi (AICA) O‘zbekistonda sun’iy intellekt sohasining rivojlanishi va uni ilgari surishga hissa qo‘shayotgan yetakchi mutaxassislar, olimlar va faollardan iborat “TOP-30 sun’iy intellekt liderlari” ro‘yxatini tuzdi.

Bundan maqsad – O‘zbekistonda SI sohasini faol rivojlantirayotgan shaxslarni aniqlash, ularning yutuqlarini e’tirof etish va keng jamoatchilikka tanitishdan iborat.

Ro‘yxatga quyidagilar kiritildi (alifbo tartibida):

  • Akmal Payziyev — “Numeo.AI” asoschisi
  • Anastasiya Markova — “AI Lab” hamta’sischisi
  • Anvar Nazarullayev — “Mohirdev” platformasi asoschisi
  • Baxtiyor Xasanov — “UzbekVoiceAI” startapi asoschisi
  • Bunyodbek Ibrohimov — SI muhandisi, PhD
  • Dilnoz Muhammadiyeva — TIQXMMI Milliy tadqiqot universiteti professori, texnika fanlari doktori
  • Doniyor O‘lmasov — “Scale AI” muhandislik bo‘limi boshlig‘i (IPS)
  • Elzodxon Sharofaddinov — “Aisha AI” hamasoschisi, bosh direktori
  • Emil Gimranov — “Uzinfocom” MChJ bosh direktori
  • Firuza Eshonova — “Mila4AI” asoschisi
  • Kamilla Daminova — “Homila AI” loyihasi asoschisi
  • Konstantin Kruglov — “TBC Uzbekistan” sun’iy intellekt bo‘limi rahbari
  • Lobar Abdullayeva — SI va tibbiy texnologiyalar sohasidagi ilmiy tadqiqotchi
  • Mohinur Inomova — “Yoryor.net” startapi asoschisi
  • Muhammadsaid Mamasaidov — “Tilmoch.AI” asoschisi
  • Nadejda Ni — “Growy AI” asoschisi
  • Nodira Ibrohimova — “Launch Lab 21” direktori
  • Nodir Turaqulov — “Anthropic” kompaniyasi muhandisi
  • Oleg Pekos — raqamli texnologiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari
  • Qilichbek Haydarov — “NavAI Ts” hamasoschisi
  • Ruslan Salohiddinov — Meta kompaniyasining SI tadqiqotlari bo‘yicha vitse-prezidenti
  • Ro‘zmat Safarov — “CradleAI” startapi asoschisi
  • Samandar Tursunaliyev — “AIM Lab” bosh direktori
  • Sardor Islomov — “Navai STT Open-Source” modeli asoschisi
  • Sarvarbek Sadullayev — Raqamli texnologiyalar vazirligi SI texnologiyalarini rivojlantirish bo‘limi rahbari
  • Umrbek Karimov — Raqamli texnologiyalar vazirligi Sun’iy intellekt infratuzilmasi va “katta ma’lumotlar” boshqarmasi boshlig‘i
  • Ulug‘bek Komilov — Vashington universiteti professori, PhD
  • Shahriyor Xudoyberdiyev — “Machine Learning Community” jamiyati asoschisi va yetakchisi
  • Shahzod Umrzoqov — “Tass Vision” startapi asoschisi
  • Sherzod Habibullayev — “Unicon Soft” MChJ kuzatuv kengashi raisi

Ro‘yxat qanday tuzilgan?

“Yuksalish” xabariga ko‘ra, bu ro‘yxat ikki bosqichda shakllantirilgan.

Birinchi bosqichda “Yuksalish” harakati AICA bilan hamkorlikda ochiq manbalar (OAV, ilmiy nashrlar, veb-saytlar, ijtimoiy tarmoqlar) va Raqamli texnologiyalar vazirligining tavsiyalari asosida 50 dan ziyod nomzodlar ro‘yxatini shakllantirgan.

Ikkinchi bosqichda AICA'ning 1380 nafar rezidenti tomonidan quyidagi 8 ta mezon bo‘yicha har bir nomzod baholangan va qisqa ro‘yxat (short-list) shakllantirilgan:

  • amalga oshirilgan SI loyihalarining ta’siri;
  • xalqaro hamkorliklar;
  • investitsiya jalb qilish qobiliyati;
  • milliy strategiyada ishtirok;
  • yangi yondashuvlar taklifi;
  • ilmiy-ommaviy chiqishlar;
  • SI sohasida ta’lim va ma’rifat;
  • milliy va xalqaro e’tirof.

“Ro‘yxatga kiritilgan liderlardan biri Akmal Payziyev mamlakatdagi birinchi onlayn taksi (MyTaxi), oziq-ovqat yetkazib berish (Express24), HR avtomatlashtirish (Workly) hamda GPS monitoring (Maxtrack) xizmatlarini yaratgan. U hozirda Kremniy vodiysida faoliyat yuritmoqda.

O‘zbek tilida IT-kasblarni (dasturlash, Data Science, sun’iy intellekt) o‘rgatuvchi Mohirdev platformasi asoschisi Anvar Narzullayev SI bilan integratsiyalashgan ta’lim yechimlarini joriy etmoqda.

Ro‘yxatda SI yo‘nalishida ilmiy tadqiqot qilayotgan va sohani nazariy jihatdan o‘rganayotgan liderlar borligi alohida e’tirofga loyiq. Ular orasida sun’iy intellekt va kompyuter fanlari bo‘yicha ilmiy daraja va xalqaro tajribaga ega mutaxassis Bunyodbek Ibrohimov, SIni tibbiyot, qishloq xo‘jaligi va boshqa sohalarda qo‘llashga bag‘ishlangan 20 dan ortiq ilmiy ishlar muallifi va loyihalar asoschisi Dilnoz Muhammadiyeva kabilarni sanab o‘tish mumkin”, – deyiladi “Yuksalish” tarqatgan press-relizda.

Mualliflar mazkur TOP-30 nafaqat soha rivojiga turtki beradi, balki O‘zbekistonda SI faoliyati bilan shug‘ullanuvchi kasb egalari uchun ilhom va e’tirof manbayi bo‘lishiga ishonch bildirgan.

Mavzuga oid