Jahon | 15:03 / 30.08.2025
6243
2 daqiqa o‘qiladi

Ukraina GUR: Qrimda S-400 «Triumf» tarkibidagi kompleks yo‘q qilindi

Rossiya tomoni radar majmuasiga zarba haqidagi ma’lumotga izoh bermadi. Ukraina Qurolli kuchlari Bosh shtabi Bryansk viloyatidagi neft inshootiga ham zarba berilgani haqida xabar qildi.

Foto: AP

Ukraina mudofaa kuchlari bo‘linmalari Bryansk viloyatidagi Naytopovichi aholi punkti yaqinidagi ishlab chiqarish stansiyasiga zarba berdi. Bu haqda 29 avgust, juma kuni Ukraina Qurolli kuchlari bosh shtabi ma’lum qildi.

Stansiya dizel yonilg‘isini magistral neft quvurlari orqali, shu jumladan Rossiya armiyasi ehtiyojlari uchun ham haydaydi, deya aniqlik kiritdi Ukraina Bosh shtabi. Obektning quvvati, Ukraina tomoniga ko‘ra, yiliga 10,5 million tonnani tashkil qiladi. «Obektda yong‘in qayd etildi, yetkazilgan zarar natijalari aniqlanmoqda», — deyiladi Ukraina Qurolli kuchlari Bosh shtabi Telegramʼdagi xabarida.

O‘z navbatida, Ukraina Mudofaa vazirligining Bosh razvedka boshqarmasi (GUR) 28 avgustga o‘tar kechasi Rossiya tomonidan qo‘shib olingan Qrim hududida joylashgan S-400 «Triumf» havo mudofaa tizimidan 91N6Ye radar majmuasiga yetkazilgan zarar to‘g‘risida ma’lum qildi. Rossiya tomoni bu ma’lumotga izoh bermadi.

Mavzuga oid