Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Vadeful: Germaniya Boltiqbo‘yi bilan hamkorlikni kuchaytiradi
«Boltiqbo‘yi mintaqasi xavfsizligi Germaniyaning ham xavfsizligidir», dedi Yoxann Vadeful Estoniya va Daniyaga birinchi rasmiy tashrifi oldidan. Shu bilan birga, u Rossiyaning mintaqada davom etayotgan gibrid operatsiyalariga ishora qildi.
Rossiyaning Boltiq dengizida davom etayotgan gibrid operatsiyalari fonida Germaniya tashqi ishlar vaziri Yoxann Vadeful Daniya va Boltiqbo‘yi davlatlari bilan xavfsizlik sohasida hamkorlikni kuchaytirish niyatida ekanini ma’lum qildi. U Germaniya tashqi ishlar vazirligi rahbari sifatida Estoniya va Daniyaga birinchi rasmiy tashrifi oldidan «Boltiqbo‘yi mintaqasining xavfsizligi Germaniyaning ham xavfsizligidir», dedi.
Germaniya Tashqi ishlar vazirligi tomonidan tarqatilgan yozma bayonotda Vadeful: «Xavfsizlik tahdidi ayniqsa Boltiq dengizi mintaqasida kuchli. Rossiyaning «soya floti» u yerda o‘zining qora ishlarini qilmoqda. Ular kabellarni kesib, GPS-signallarini to‘sib qo‘ymoqda — u yerda biz Rossiya gibrid tajovuz qilish uchun ishlatadigan asboblar arsenalini ko‘ryapmiz», dedi.
Germaniya diplomatiyasi rahbari Estoniya va boshqa Boltiqbo‘yi mamlakatlari bu xavf haqida anchadan beri ogohlantirib kelganini eslatdi. «Yevropa Ittifoqi va NATOda biz ularning tajribasidan foydalanamiz. Biz bu hamkorlikni yanada mustahkamlamoqchimiz», — dedi Yoxann Vadeful.
Mavzuga oid
10:00 / 10.06.2026
Germaniya Ukraina uchun yana 300 million yevro ajratadi
10:40 / 09.06.2026
Yevropaning yangi avlod jangovar samolyoti loyihasi to‘xtatildi
11:20 / 08.06.2026
O‘zbekiston fuqarolarini Germaniya mehnat bozoriga jalb etish kengaytiriladi
08:40 / 06.06.2026