Jahon | 08:50 / 30.08.2025
6865
1 daqiqa o‘qiladi

Xaver Miley saylovoldi mitingida toshbo‘ron qilindi

Namoyishchilar Argentina prezidentiga saylovoldi tashviqoti chog‘ida uning singlisiga qarshi korrupsiya ayblovlari tufayli hujum qildi.

Foto: Juan Mabromata/AFP

Argentina prezidenti Xaver Miley mamlakat poytaxti Buenos-Ayres janubida joylashgan Lomas-de-Samora shahrida saylovoldi tadbiri chog‘ida toshbo‘ron qilindi. Bu haqda Argentina davlati rahbari matbuot kotibi X ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, Miley jabrlanmagan, uni xavfsizlik xodimlari olib ketgan. AFP tushuntirganidek, voqea prezidentning singlisi va xodimi Karina Miley atrofida avj olgan korrupsiya mojarosi fonida yuz bergan.

Namoyishchilar siyosatchiga hujum qilganda u singlisi bilan mashinada bo‘lgan. Bu mashina va unga hamroh bo‘lgan mashinalarga toshlar, o‘simliklar va shishalar bilan hujum qilingan, deb yozadi AFP.

Miley voqea joyini tark etgach, uning tarafdorlari va raqiblari o‘rtasida janjal kelib chiqqan. Ta’kidlanishicha, Mileyning kamida bir tarafdori qovurg‘asidan jarohat olgan va tez yordam mashinasida olib ketilgan.

Mavzuga oid