Argentina prezidenti Xaver Miley mamlakat poytaxti Buenos-Ayres janubida joylaşgan Lomas-de-Samora şahrida saylovoldi tadbiri çoğida toşböron qilindi. Bu haqda Argentina davlati rahbari matbuot kotibi X ijtimoiy tarmoğida ma’lum qildi.
Qayd etilişiça, Miley jabrlanmagan, uni xavfsizlik xodimlari olib ketgan. AFP tuşuntirganidek, voqea prezidentning singlisi va xodimi Karina Miley atrofida avj olgan korrupsiya mojarosi fonida yuz bergan.
Namoyişçilar siyosatçiga hujum qilganda u singlisi bilan maşinada bölgan. Bu maşina va unga hamroh bölgan maşinalarga toşlar, ösimliklar va şişalar bilan hujum qilingan, deb yozadi AFP.
Miley voqea joyini tark etgaç, uning tarafdorlari va raqiblari örtasida janjal kelib çiqqan. Ta’kidlanişiça, Mileyning kamida bir tarafdori qovurğasidan jarohat olgan va tez yordam maşinasida olib ketilgan.












