Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Indoneziya prezidenti namoyishchilar talabini bajarishga rozi bo‘ldi
Qayd etilishicha, 2025 yil 1 sentabrdan deputatlar oyliklariga ustama qo‘shish va ularning xorijga safar qilishlariga nisbatan moratoriy joriy qilinadi.
Foto: Reuters
Indoneziya prezidenti Prabovo Subianto mamlakatdagi ommaviy norozilik namoyishlari ortidan parlament a’zolarining oylik maoshlariga ustama qo‘shilishi to‘g‘risidagi qarorni bekor qildi, deb xabar berdi Al Jazeera.
«Xalq so‘roviga javoban, partiyalar raislaridan ular noto‘g‘ri bayonot bergan parlament a’zolariga nisbatan keskin choralar ko‘rishgani haqida ma’lumot oldim», — dedi Subianto.
Uning qayd etishicha, 2025 yil 1 sentabrdan deputatlar oyliklariga ustama qo‘shish va ularning xorijiy safarlariga nisbatan moratoriy joriy qilinadi.
Indoneziya prezidenti namoyishlar tinch o‘tishi kerakligi, agarda odamlar jamoat obektlariga zarar yetkazadigan bo‘lsa, davlat o‘z fuqarolarini himoya qilish uchun aralashishini qo‘shimcha qildi.
28 avgust kuni Jakartada minglab ishchilar ommaviy norozilik namoyishlariga chiqishdi. Namoyishchilar va politsiya xodimlari o‘rtasida to‘qnashuvlar sodir bo‘ldi. Namoyish ishtirokchilari mehnat sharoitlari yaxshilanishi va oylik maoshlari oshirilishini hamda parlament tarqatib yuborilishini talab qilishdi.
Mavzuga oid
09:25 / 06.03.2026
Malayziya va Indoneziyadan jalb qilingan sayyohlar uchun subsidiya ajratiladi
08:56 / 27.02.2026
2026 yilda Imom Buxoriy majmuasiga 100 ming indoneziyalik ziyoratchi kelishi kutilmoqda
11:17 / 10.02.2026
YeI ilk bor uchinchi davlatlar portlariga sanksiya qo‘llashni ko‘rib chiqmoqda
19:34 / 11.01.2026