Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukraina xorijliklarning Umanga borishini taqiqlashi mumkin
Bir qator ommaviy axborot vositalari manbalarga tayanib yozishicha, Rosh-Xashona bayrami oldidan xorijliklar, jumladan, isroilliklarning Umanga ziyorat uchun borishi taqiqlanishi mumkin.
Ukraina Isroil va boshqa davlatlar fuqarolariga Rosh-Xashona (yahudiylarning Yangi yili) bayrami munosabati bilan Cherkassk viloyatida joylashgan Uman shahriga ziyorat qilishni taqiqlashi mumkin. Bu haqda 31 avgust, yakshanba kuni The Jerusalem Post (JP) internet-nashri va boshqa ommaviy axborot vositalari o‘z nomini oshkor etmagan Ukraina rasmiylariga tayanib xabar berdi.
Chet elliklarning Umanga sayohati taqiqlanishiga sabab Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushi bilan bog‘liq xavfli vaziyatdir.
"RBK" internet nashri tushuntirganidek, bunday qadam yahudiylikdagi diniy oqimlardan birining tarafdorlari bo‘lgan hasidiylar uchun ayniqsa og‘riqli bo‘ladi: «Ukrainaning Cherkassk viloyatidagi Uman shahri hasidiylik markazlaridan biri va bratslav hasidiylarining ziyorat punktidir».
Mavzuga oid
23:16 / 12.06.2026
Yevropa Ittifoqi Ukraina va Moldova a’zoligi bo‘yicha muzokaralarni boshlaydi
18:05 / 12.06.2026
AQSh va Eron muzokaralari qanday ketyapti?
17:21 / 12.06.2026
Rossiya–Ukraina urushida front chizig‘i: tashabbus kim tomonda?
21:50 / 10.06.2026