Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Iqtisodiyot | 14:29 / 01.09.2025
2821
1 daqiqa o‘qiladi
Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar soni 2,3 mingdan oshdi
2025 yilning 1 avgust holatiga O‘zbekistonda xorijiy investitsiyalar ishtirokida 16 609 ta korxona faoliyat yuritmoqda, bu esa 2024 yilning mos davriga nisbatan 16,4 foizga ko‘pdir.
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, mazkur korxonalardan 4094 tasi qo‘shma va 12 515 tasi to‘liq xorijiy kapitalga asoslangandir.
Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar soni mamlakatlar kesimida:
- Xitoy – 4250 ta;
- Rossiya – 3093 ta;
- Turkiya – 1982 ta;
- Qozog‘iston – 1149 ta;
- Janubiy Koreya – 671 ta;
- Afg‘oniston – 622 ta;
- BAA – 369 ta;
- Hindiston – 332 ta;
- AQSh – 332 ta.
Mavzuga oid
08:27
O‘zbekistonda hunarmandlar taqsimoti: qaysi hudud oldinda?
15:43 / 14.02.2026
Yoshlardan keksagacha: 2025 yilda turistlar yoshi bo‘yicha taqsimot e’lon qilindi
09:42 / 14.02.2026
2025 yilda sabzavot yetishtirishda Andijon viloyati yetakchi bo‘ldi
16:06 / 13.02.2026