Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Foydali | 13:52 / 03.09.2025
34364
2 daqiqa o‘qiladi
1 kilogramm palov tayyorlash qanchaga tushadi?
1 kg palov tayyorlash O‘zbekistonning qaysi hududida qanchaga tushishi haqida ma’lumot berildi.
Foto: Kun.uz
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, bir kilogramm palovning hududlar kesimida hisoblangan qiymatlari quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ldi (2025 yil avgust oyi uchun):
- Qoraqalpog‘iston R. – 98 600 so‘m;
- Andijon viloyati – 105 500 so‘m;
- Sirdaryo viloyati – 105 700 so‘m;
- Xorazm viloyati – 107 000 so‘m;
- Buxoro viloyati – 108 400 so‘m;
- Namangan viloyati – 109 400 so‘m;
- Jizzax viloyati – 110 000 so‘m;
- Navoiy viloyati – 110 000 so‘m;
- Surxondaryo viloyati – 111 500 so‘m;
- Qashqadaryo viloyati – 111 700 so‘m;
- Samarqand viloyati – 113 400 so‘m;
- Toshkent viloyati – 113 600 so‘m;
- Farg‘ona viloyati – 115 000 so‘m;
- Toshkent shahri – 117 400 so‘m.
Bir kilogramm palov uchun kerakli mahsulotlar:
- kungaboqar yog‘i – 0,3 l;
- piyoz – 300 gr;
- mol go‘shti – 700 gr;
- sabzi – 1 kg;
- guruch – 1 kg;
- no‘xat – 100 gr;
- zira – 10 gr;
- osh tuzi – 20 gr.
Yuqoridagi raqamlar hududlarda sotilayotgan bir kilogramm palovning narxiga to‘g‘ri kelmaydi. Ularda palov tayyorlash va boshqa xizmatlar haqi ham qo‘shib hisoblanadi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish