Jahon | 13:41 / 03.09.2025
4428
1 daqiqa o‘qiladi

Deparde jinsiy zo‘ravonlik ayblovi bo‘yicha sudga tortiladi

76 yoshli aktyor 2018 yilda hamkasbi Sharlotta Arnuga jinsiy zo‘ravonlik qilganlikda ayblanmoqda. 7 yil o‘tib, ish Parij jinoiy sudiga o‘tkazilgan.

Foto: Zuma/TASS

Fransiyalik aktyor Jyerar Deparde Parijda zo‘rlash va jinsiy zo‘ravonlik ayblovlari bo‘yicha sudlanadi. 2 sentabr, seshanba kuni AFP agentligi manbalarga tayanib yozishicha, shunday qarorni tergov sudyasi qabul qildi.

Depardega qarshi ayblovlar 2018 yilda o‘sha paytda 22 yoshda bo‘lgan aktrisa Sharlotta Arnu tomonidan ilgari surilgan edi. U otasining do‘sti bo‘lgan Deparde 2018 yil avgust oyida Parijdagi uyida uni ikki marta zo‘rlaganini da’vo qilgan. Arnu politsiyaga murojaat qilgan, biroq tergov sud jarayoniga olib kelmagan.

2020 yilda Arnu yangi shikoyat bilan chiqdi. O‘shandan beri Deparde ustidan tergov olib borilmoqda. 2024 yilda Parij prokuraturasi ish bo‘yicha sud jarayonini o‘tkazishga chaqirgan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid