Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston madaniy merosiga oid noyob idish Londondan qaytarildi
O‘rta asrlarda Xuroson va Movarounnahr ilm-fan, madaniyat, amaliy san’at va hunarmandchilikning yirik markazlaridan biri bo‘lgan. Bu yerda yaratilgan buyumlar nafaqat turmush ehtiyojlari uchun xizmat qilgan, balki xalqning yuksak badiiy didi va ma’naviy dunyoqarashini ham namoyon etgan.
Shunday noyob artefaktlardan biri – gulbarg shaklidagi qo‘rg‘oshin idish. Taxminan XII–XIII asrlarga, G‘aznaviylar davriga oid ushbu topilma hozirda Londondagi “Orfeus” galereyasida saqlanmoqda. Bunday idishlar o‘sha davrda tantanali marosimlarda, uy bezagida keng qo‘llanilgan va hunarmandlar mahoratining yuqori darajasini ifoda etgan.
O‘zbekiston muzeylarida bu turdagi buyumlar juda kam saqlangan. Shu bois, ularni xalqaro kolleksiyalardan olib kelish milliy merosni boyitish va xalq tarixini keng jamoatchilikka namoyish qilishda muhim ahamiyat kasb etadi.
O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazining asosiy vazifalaridan biri – oid noyob artefaktlarni jamlash va ularni xalqaro hamjamiyatga taqdim etishdir. Gulbarg shaklidagi qo‘rg‘oshin idishning markaz ekspozitsiyasida o‘rin olishi ham ana shu yo‘nalishdagi muhim qadam hisoblanadi.
Bunday artefaktlar tilsiz guvoh sifatida o‘tmish bilan kelajakni bog‘laydi. Ularni asrab-avaylash va qaytarish esa avlodlar uchun ma’naviy ko‘prikdir.
Mavzuga oid
14:24 / 21.06.2026
London shimolida ikki poyezd to‘qnashdi
12:25 / 22.05.2026
IPO nima va UzNIF aksiyalarini qanday sotib olish mumkin?
21:22 / 18.05.2026
Saida Mirziyoyeva Londonda nufusli xalqaro moliya tashkilotlari rahbarlari va siyosatchilar bilan uchrashuvlar o‘tkazdi
23:09 / 28.04.2026