Jahon | 22:40 / 03.09.2025
13303
2 daqiqa o‘qiladi

Qirg‘izistonlik qizcha shahar hokimidan onasini ishga joylashtirishni so‘radi

Video ijtimoiy tarmoqlarni larzaga soldi va keng muhokamalarga sabab bo‘ldi.

Foto: Videodan kadr

Qirg‘izistonning O‘sh shahri hokimi Jyenishbek Toktorbayevning shaharliklar bilan uchrashuvi chog‘ida kichkina qizcha unga murojaat qilib, onasini ishga joylashtirishga yordam berishini so‘radi.

Voqea videoga olinib, tezda ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi. Foydalanuvchilar bolaning samimiyligidan ta’sirlanib, uning iltimosini qo‘llab-quvvatladilar.

Hokim qizchani diqqat bilan tingladi, keyin onasini chaqirishni so‘radi. Yordam ko‘rsatilgan yoki ko‘rsatilmagani hozircha noma’lum, ammo voqea jamoatchilik orasida qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘ldi.

Avvalroq, o‘shlik ayol shahar hokimi Jyenishbek Toktorbayevdan kvartira so‘ragan edi. Ayolning aytishicha, uning uch nafar farzandi va turmush o‘rtog‘i bor. Ammo oila xaroba uyda yashamoqda. «Biz yordamingizga muhtojmiz. Hech bo‘lmasa bir xonali kvartira berishingizni so‘rayman», dedi u Toktorbayevga yuzlanib. Hokim oilani boshqa joyga ko‘chirishlarini aytdi.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid