O‘zbekiston | 21:01 / 04.09.2025
7806
1 daqiqa o‘qiladi

Arnasoy aeroportiga sinov tariqasida birinchi yo‘lovchi samolyoti qo‘ndi

Uzbekistan Airways aviakompaniyasining Let-410 rusumli havo kemasi muvaffaqiyatli parvozi orqali texnik imkoniyatlar sinovdan o‘tkazilgan.

Foto: O‘zA

Jizzax viloyatining Arnasoy tumanida tarixiy voqea qayd etildi — qurilishi jadal davom etayotgan zamonaviy aeroportga sinov tariqasida birinchi bor yo‘lovchi samolyot qo‘ndi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Qayd qilinishicha, Uzbekistan Airways aviakompaniyasining Let-410 rusumli havo kemasi muvaffaqiyatli parvozi orqali texnik imkoniyatlar sinovdan o‘tkazilgan.

Aeroport to‘liq ishga tushgandan so‘ng, nafaqat ichki, balki xalqaro turistik oqimni ham qamrab olishi kutilmoqda. Bu esa yangi ish o‘rinlari yaratish, kichik biznesni rivojlantirish va xizmat ko‘rsatish sohasida faollikni oshirishga turtki bo‘ladi.

Ta’kidlanishicha, yangi aeroport faoliyat boshlashi bilan Arnasoy Jizzax viloyatidagina emas, balki mamlakat darajasidagi strategik-turistik nuqtaga aylanishi kutilmoqda.

Avvalroq, Arnasoy aerodromi yo‘lagini CASA C295W harbiy transport samolyoti sinovdan o‘tkazgan edi.

Mavzuga oid